Oʻrta Chirchiqda granit ishlab chiqarilmoqda
Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanining “Kim Pen Xva” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Bazalt granite” masʼuliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.
Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanining “Kim Pen Xva” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Bazalt granite” masʼuliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.
Korxonada qurilishda foydalanish uchun granit mahsulotlari ishlab chiqariladi. Buning uchun xomashyo Navoiy viloyatidagi konlardan olib kelinyapti.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, loyihaning umumiy qiymati 10 milliard soʻm. Toʻliq quvvatda faoliyatini boshlagach 60 ish oʻrni yaratiladi. Bugungi kunda mahsulotlar Toshkent va Nurafshon shaharlaridagi qurilish korxonalariga joʻnatilyapti. Kelgusida Tojikiston va Turkmanistonga eksport qilish rejalashtirilgan.
– Granitlarga ishlov berayotgan maxsus texnikalar Xitoydan olib kelingan, – deydi korxona ish boshqaruvchisi Habibullo Zokirov. – Ishchi-xodimlar xitoylik mutaxassislardan kasb sirlarini oʻrgangan. Shu bois, ish samaradorligi ortib bormoqda. Yaqinda ishlab chiqarayotgan granit mahsulotlarimizning umumiy hajmi 10 ming kvadrat metrga yetadi.