Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatga yo‘llaydigan Murojaatnomasida hayotimizning muhim masalalari belgilab berilishini bugun barcha yurtdoshlarimiz orziqib kutmoqda.

Davr nafasi 

Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatga yo‘llaydigan Murojaatnomasida hayotimizning muhim masalalari belgilab berilishini bugun barcha yurtdoshlarimiz orziqib kutmoqda. Chunki, o‘tgan yilgi Murojaatnomada ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor vazifalar hayotda o‘z aksini topayotgani odamlarning ertangi yanada obod kunga ishonch hissini oshirayotgani sir emas.

Agar o‘tgan uch yilga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamiyatimizda ko‘p o‘zgarish va yangilanishlar yuz berganini yoshu keksa mamnunlik bilan etirof etmoqda. Jumladan, bu jarayonda kitob mutolaasi va aholining kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan yuksak etibor hamda beshta muhim tashabbusning o‘zi hayotimizda muhim tarixiy qadam bo‘ldi. Farzandlarimizni kitobga oshno etib, millatimizning buyuk kuch-qudratini jahon uzra keng tarannum qilishga qulay imkoniyat bo‘ldi. Biroq, ana shu imkoniyatlardan qanday foydalanayapmiz?

To‘g‘ri, bu ezgu g‘oyalar asosida kitobxonlik tanlovlari tashkil etib, eng yaxshi kitobxonlarni rag‘batlantirayapmiz. Mahalla va maktablarda kutubxonalarni qayta tiklab, turli kitoblar yetkazib berayapmiz. Kitob karvonlari tashkil etib, poytaxtdan kitoblar olib kelib, tantanali topshirayapmiz. 

Xo‘sh, ana shu kutubxonalarda kimlar ishlayapti? Kadrlarni to‘g‘ri tanlay olayapmizmi? Yoki tanish-bilishchilik bilan ishga qabul qildikmi?

Bu savolni o‘rtaga tashlayotganimning boisi shundaki, agar kutubxonaga kitob bilan do‘st tutingan, hayotini kitob mutolaasisiz his etolmaydigan insonlarni tanlab olgan bo‘lsak, u kutubxonani haqiqiy manaviyat maskaniga aylantiradi. Mabodo tanish-bilishlar yuzidan utolmay muqaddas bu dargohni kitobxonlikdan uzoq kishilarga ishonib topshirgan bo‘lsak, kitob mutolaasiga ishtiyoqi bor yoshlarni ham kutubxonadan uzoqlashtiradi.

Millatimiz manaviyati, kelajagi bilan bevosita bog‘liq bu masalaning menimcha yana bir tarafi bor. Bugun o‘qituvchilar nufuzi ko‘tarildi. Ularning moddiy manfaatdorligi, oyliklari oshirilmoqda. Boshqa ishlarning etagidan tutganlari ham yana talim muassasalariga qaytayotir. Kutubxonalardagi kitobni kim o‘qiyapti? O‘qituvchilar kutubxonaga kirib, badiiy kitob mutolaa qilishga vaqt ajratayaptimi? Qanday kitoblarni o‘qiyapti? O‘quvchilarchi? Aqalli xalq talimi bo‘limlarida buni tahlil qilayotgan mutasaddilar bormi? 

Masalan, bo‘sh vaqt topdim deguncha biron badiiy asarni mutolaa qilishga intilaman. Balkim, kasbim bo‘lgani uchun, to‘satdan shu kitob haqida so‘rab qolishsa mulzam bo‘lmay, uyalib qolmay, degan maqsadda ham ko‘proq badiiy asar o‘qishga harakat qilarman. Pedagog-chi? O‘quvchilarini kitobxonlikka qiziqtirish uchun ham badiiy asarlarni ko‘proq o‘qishi, yoshlarga namuna bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Afsuski, yaqin o‘rtada kutubxonamizda falon asarni o‘qib chiqdim. Ajoyib kitob ekan. Uni o‘quvchilarimga ham tavsiya etdim, degan pedagogni uchratmadim. Bor bo‘lsa ham ular barmoq bilan sanarlidir.

Ikkinchidan, maktab kutubxonalariga keltirilayotgan kitoblarning badiiy saviyasi qanday? Negaki ayrim hollarda saviyasi past kitoblar ham nashrdan chiqib qolayotgani sir emas. Shuning uchun maktab kutubxonalariga olib kelinadigan kitoblarni bir yoki ikki kishi emas, maxsus tuzilgan komissiya tanlasa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Davlatimiz rahbarining bu safargi Murojaatnomasida ham jamiyatimizni yanada rivojlantiradigan muhim masalalar o‘z ifodasini topishiga ishonaman. Ana shu ezgu g‘oyalar atrofida yonib, jipslashib yashash, unda taqdim etilgan masalalar yechimiga barchamiz mas’ullik tuyg‘usi bilan yondashishimiz kerak.

Mengnor ALLAMURODOV,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 
Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchining o‘zi ham badiiy asar o‘qishi kerak?