Namanganda Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami har galgidan oʻzgacha nishonlandi.

Bu safar aziz ustozlar viloyat teatri yoki boshqa biror marosimlar majmuasida emas, balki bugun viloyatning madaniy turizm markaziga aylanib ulgurgan “Afsonalar vodiysi” parkida jam boʻldi.

Marosim avvalida viloyat hokimi X.Bozorov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʻqituvchi va murabbiylarga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

– Jahonda yagona kasb bayramining umumxalq bayrami sifatida mamlakatimizda keng nishonlanib kelinayotgani davlat, millat hamda jamiyat kelajagini belgilovchi yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalovchi, eng ulugʻ kasb egalari boʻlmish oʻqituvchi va murabbiylarga hukumat darajasida berilayotgan yuksak eʼtibor natijasidir, – dedi viloyat hokimi. – Bu davlatimiz rahbarining bayram tabrigida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan shu yil 23-avgust kuni mamlakatimiz tarixida ilk bor oʻqituvchi va murabbiylar uchun maxsus videoselektor yigʻilishi ham oʻtkazildi. Unda oʻqituvchi va murabbiylar majburiy mehnatning har qanday koʻrinishidan ozod etilib, ish haqlari sezilarli darajada oshirilgani taʼlim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Keyingi yillarda 6 farmon, 21 hukumat qarori qabul qilingani, xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilganiga tarixiy voqea sifatida yuksak baho berildi.

Bunday yuksak eʼtibor viloyat oʻqituvchilarini oʻz ustida yanada koʻproq izlanish va yuqori natijalarga erishishga undamoqda. Bu ular erishayotgan yutuqlarda ham yaqqol ifodasini topmoqda. Jumladan, “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida 14 fan boʻyicha Namangan viloyatidan 8 oʻqituvchi faxrli oʻrinlarni egalladi. Bundan tashqari, taʼlim sifati va oʻquv jarayoni samaradorligi yuzasidan oʻtkazilgan milliy baholash reytingida Namangan viloyati xalq taʼlimi tizimi respublikada 1-oʻrinni egalladi.

Marosimda soʻzga chiqqan taniqli shoir Ziyovuddin Mansur ustoz va murabbiylarning mashaqqatli va sharafli kasbi, mamlakatimizda maʼrifatparvarlikka qaratilayotgan yuksak eʼtiborning ahamiyati haqida gapirdi.

Shundan soʻng bayram arafasida Prezidentimiz farmoniga muvofiq mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish yoʻlidagi koʻp yillik samarali mehnati, ularni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jismoniy va maʼnaviy jihatdan barkamol avlodni shakllantirish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun davlat mukofoti bilan taqdirlangan bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarga orden va medallar topshirildi.

– Prezidentimiz tomonidan kamtarona mehnatlarim yuksak eʼtirof etilib, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganim mashaqqatli kasb bilan bogʻliq bir umrlik charchoqlarimni yozib yubordi, – deydi Namangan shahridagi 77-umumtaʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi I.Dadamirzayeva. – Umrimning qariyb qirq yili sinfxonalarda oʻtgan boʻlsa, hozir men oʻzimni yana shuncha ishlashga qodirdek his qilayapman, bu mehnatim shuhrat bilan ragʻbat topganidan, albatta.

Shuningdek, sohada xizmat koʻrsatgan koʻplab kasb fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorligʻi va qimmatbaho esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi. Viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasining barcha tuman boʻlimlariga “Spark” avtomobillari sovgʻa qilindi.

Oqshomgacha sayil sifatida davom etgan bayram tadbiri viloyat sanʼatkorlari, Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rayhon Gʻaniyeva, taniqli soʻz ustasi Zokir Ochildiyevlarning konsert dasturi bilan yanada fayzli boʻldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻqituvchi va murabbiylar sharaflandi
Жамият
22:30 / 30:09:2019