6 noyabr – “Alpomish” dostonining 1000 yilligi nishonlangan kun (rukn)

“Alpomish” – o‘zbek xalqining ori, g‘ururi, yurtga muhabbati va ulug‘ dardini o‘zida aks ettirgan asar. U – ajdodlarimiz badiiy dahosining bebaho yodgorligi.
Ushbu doston o‘zbekning o‘zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan qahramonlik namunasidir. “Alpomish” asrlar osha yoshlar ma’naviyati, Vatanga muhabbati, oriyatiyu kamoloti yo‘lidagi muhim vosita bo‘lib keldi. Nomi tillarda doston bo‘lgan Alpomish o‘zbeklarning milliy qahramoni, milliy idealiga aylandi.
Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 yanvardagi qarori hamda YuNESKOning 1999 yildagi tadbirlar rejasiga binoan 1999 yilning 6 noyabrida Termiz shahrida “Alpomish” dostonining 1000 yilligi bo‘lib o‘tdi. Tantanalar chog‘ida Termizdagi “Alpomish” bog‘ida qahramonning ulug‘vor haykali ochildi.
Badiiy barkamol asar
“Alpomish” dostonining eng qadimgi qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini o‘zida aks ettiradi. Uning og‘zaki epik an’analarda bizgacha etib kelgan nusxalari milodiy IX–X asrlarga borib taqaladi. Shu bois uning yoshini 1000 yil bilan belgilaymiz.
Dong‘i dunyoning turli burchaklariga yetgan bu dostonni o‘zbeklar “Alpomish”, qoraqalpoqlar “Alpamis”, qozoqlar “Alpamis batir”, oltoyliklar “Alip-Manash”, qozon tatarlari “Alpamsha”, boshqirdlar “Alpamisha va Barsin hiluu” deb nomlaydilar. Yurtimizda “Alpomish”ning variantlari 1922 yildan boshlab yozib olingan.
Hozirgacha uning o‘ttizdan ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin variantlari qog‘ozga tushirilgan. Bu variantlar orasida eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksagi o‘zbek xalq shoiri, baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingani hisoblanadi. Unda shoirning yuksak dostonchilik mahorati to‘la namoyon bo‘lgan.
Yetti kechayu yetti kunduz
Tarixchi Saodat Murtozovaning qayd etishicha, sharq musiqasi va madaniyatini tadqiq etuvchi olim Evgeniy Kal 1890 yili Termiz yaqinidagi Solihobod qishlog‘iga kelib, Omonnazar baxshining ijodi bilan tanishadi. Baxshi mehmon huzurida “Alpomish” dostonini uch soat to‘xtamay kuylaydi. Olim buni o‘z kundaligida hayratlanib qayd etgan.
Bundan tashqari, “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi 660 ta dostondan 100 tasini yoddan bilgan Mardon shoir hatto Xitoyga borib dostonlar kuylagan. U “Alpomish” dostonini etti kechayu etti kunduz aytgani tilga olinadi.
1922 yil Turkiston Xalq komissarligi Davlat ilmiy kengashining o‘zbek bilim komissiyasi “Alpomish” asarini yozib olish ishiga qo‘l uradi. Komissiya a’zosi G‘ozi Olim Yunusov Sirdaryoda Hamroqul baxshidan, Samarqandda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan “Alpomish”ning bir qismini yozib oladi va “Bilim o‘chog‘i” jurnalida bosib chiqaradi.
XX asrning 50 yillarida yurtimizda doston asosida “Alpomish” spektakli sahnalashtirildi. U shuhrat qozonib, ko‘p tomoshabinlarni o‘ziga jalb etdi. Spektakl 1950 yilda Andijon, Buxoro, Qarshi, Samarqand teatrlarida ham sahnalashtirildi.
Biroq spektaklning rejissyori Muzaffar Muhammedov, bastakor To‘xtasin Jalilov, dramaturg Sobir Abdulla mazkur spektakl uchun ko‘p malomatlarga qoldi. Spektakl katta yig‘ilishlarda muhokama etilib, qattiq tanqid qilindi. Buning o‘ziga xos sovetcha “sababi” bor edi.
Alpomishning qatag‘on qilinishi
Sobiq ittifoq davrida o‘zbeklarning qadimiy qadriyatlari, urf-odatlari va xalqchil g‘oyalarini aks ettirgan, minglab misralari jild-jild kitoblarni tashkil etadigan folklor asarlariga zamonasozlik sinfiylik, partiyaviylik nuqtayi nazaridan baho berildi. Jumladan, xalqimizning ma’naviy qahramoniga aylangan Alpomish obrazi ham qattiq tanqid qilindi. Aniqrog‘i, unga tuhmat qilindi, ta’na toshlari otildi.
Bunga qadar doston ayovsiz tanqid qilinganiga qaramay, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1952 yil 21–22 fevraldagi mafkuraviy masalalarga bag‘ishlangan X plenumida “Alpomish” dostoni “tanqid qilinmayotgani va uning xalqqa qarshi qaratilgan zararli xarakteri ochib berilmaganligi” ta’kidlanib, bu – kamchilik va xato sifatida ko‘rsatildi.
Natijada, 1952 yil 28–31 mart kunlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi Adabiyotchilar uyida “Alpomish” dostoni muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda Alpomish mehnatkash xalqning olijanob fazilatlari va orzu umidlarini o‘zida ifoda etmay, aksincha, u qonxo‘r bek, zolim sifatida harakat qiladi, deb fikr bildirildi. Doston qattiq qoralandi.
Oxir-oqibat doston kitob do‘konlari peshtaxtalaridan yig‘ishtirib olindi. Xalq orasida mashhur bo‘lib ketgan “Alpomish” spektakli teatrlar repertuarlaridan olib tashlandi. “Alpomish” dostonini o‘qish ta’qiqlandi.
Qahramonning qaytishi
Mustaqillik yillariga kelib doston o‘zining chinakam mazmun-mohiyati bilan bo‘y ko‘rsata boshladi. Doston asosida o‘nlab asarlar yozildi, u o‘zbek xalq og‘zaki ijodining gultojiga aylandi. Bir so‘z bilan aytganda, tazyiqlarga uchragan “Alpomish” adabiyot maydonida o‘zining munosib o‘rnini egalladi. Uni keng targ‘ib qilishga kirishildi.
Dostonning 1000 yilligi munosabati bilan “O‘zbekkino” tomonidan 2000 yilda ikki qismli “Alpomish” badiiy filmi suratga olinib namoyish etildi. Unda Alpomish rolini surxondaryolik sport ustasi Azamatali Qalandarov yaratdi. 1998–2001 yillarda bolalar uchun olti qismdan iborat “Alpomish” multfilmi ham yaratildi.
Bundan tashqari, “Alpomish”ning slovak tilida nasriy bayoni, rus tilida badiiy tarjimasi nashr etildi. Undan parchalar ingliz tilida e’lon qilindi. 2002 yil 4 dekabr kuni Germaniyaning Bonn shahrida “Alpomish” dostonining nashr etilishiga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazildi. “Alpomish”ning Qahhor baxshi Rahimovdan 2008 yil ko‘chirilgan varianti turk tiliga tarjima qilindi.
2012 yilda Osiyo “Dostonchilik san’ati” qo‘mitasi tomonidan Janubiy Koreyaning Kvandju shahrida o‘tkazilgan Ertak, afsona va eposlar senariylarining Xalqaro tanlovida “Alpomish” kinosenariysi (mualliflar – Mastura va Jasur Is’hoqovlar) Gran-pri diplomiga loyiq topildi. Bu esa madaniy merosimizga nisbatan yuksak xalqaro e’tirof bo‘ldi.
Alisher EGAMBERDIEV,
O‘zbekiston Milliy universiteti
tarix fakulteti talabasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘lib, qayta tirilgan doston