Nyu-Yorkda yana bir uy portladi
Nyu-Yorkdagi Bronks hududidagi odamlar yashash uyida ro‘y bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jarohatlandi. Bu haqda “Reyter” agentligiga tayanib, TASS xabar bermoqda.
Foks ko‘chasida sodir bo‘lgan voqea natijasida, Nyu-York yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, binoning bir qismi qulab tushgan.
“CBS” telekanali axborotida portlash sababi hozircha aniq emasligi, bu borada faqat ayrim taxminlar borligi keltirilgan.