Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida “UFC Fight Night 256” turniri bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboyev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Nursulton Ro‘ziboyev ushbu musobaqada amerikalik Dastin Stolsfus bilan raqobatlashdi. To‘liq 3 raund davom etgan mazkur jangda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Nursultonning qo‘li baland keldi. Shu tariqa N.Ro‘ziboyev “UFC” dagi to‘rtinchi g‘alabasini qayd etdi.

Turnirning markaziy jangi braziliyalik Gilert Byorns va ekvadorlik Maykl Morales o‘rtasida kechdi. Bellashuvda M.Morales 1-raundda G.Byornsni nokautga uchratdi. Bu g‘alabadan so‘ng Mayklning g‘alabalari 18 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA