Surxondaryo viloyati turizm boshqarmasi va Denov tumani hokimligi hamkorligida bir guruh nuroniylar uchun qo‘shni Tojikiston Respublikasiga sayohat tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan har yili 1 noyabrdan 30 noyabrgacha "Keksalar uchun turizm oyligi" etib belgilangan. Oylik doirasida tashkil etilgan sayohat chog‘ida nuroniylar Dushanbe shahrining diqqatga sazovar joylarida bo‘ldi. Ismoil Somoniy maydoni, "Osorxonai milliy"(Milliy muzey), Vaxdat tumanidagi Romit darasi bilan yaqindan tanishdi. Qatarliklar barpo etgan masjid va Yavroz turizm zonasini tomosha qildi.

–O‘tmishdan o‘zbek va tojik xalqlari bir-biri bilan sirdosh do‘st, yaqin birodar bo‘lib yashagan,–deydi Denov tumanidagi Sina mahallasida yashaydigan nuroniy Amirqul Yebayev.–Bir-birining yutuqlaridan quvonib, tashvishlariga yelkadosh bo‘lgan. Bunday azaliy qadriyatlarimizning so‘nggi yillarda yangi bosqichda rivojlangani munosabatlarimizni yanada mustahkamladi. Sayohat chog‘ida biz Tojikistonda yuz bergan o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdik. Qayerda bo‘lmaylik, bizni iliq qarshi olib, izzat-ikrom ko‘rsatishganidan behad quvondik. Xushmanzara hududda joylashgan Yavroz turizm zonasining bahavo iqlimi va shifobaxsh iliq suvidan bahramand bo‘ldik. Bularning barchasi uchun davlatimizdan minnatdormiz.  

Nuroniylar qo‘shni davlatga sayohatdan boy taassurotlar bilan qaytdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar Tojikistonga sayohat qildi