Nuroniylar tajribasi yoshlarga ibrat
Fotoreportaj
Namangan shahrida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili bo‘yicha viloyatda 2 ming 346 nafar tajribali nuroniyga 23 ming 460 nafar tarbiyasi og‘ir, profilaktik hisobda turgan, ish bilan ta’minlanmagan yoshlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarni biriktirgan holda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazilmoqda, yoshlar muammolarini hal etishga amaliy yordam berilmoqda.
[gallery-8051]
Tadbirni Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i A. Alaxo‘jayev hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari senator I. Najmiddinov kirish so‘zi bilan ochdi.
Tanlovda ishtirok etgan 14 nafar nuroniy yoshlarni tarbiyalashdagi faolligi, ish tajribasi hamda barchaga namuna bo‘ladigan uslubini to‘laqonli namoyish etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Chortoq tumani Damariq mahallasida yashovchi nuroniy A. O‘rinboyev tanlov g‘olibi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Uychi tumani Qumtepa mahallasida istiqomat qiluvchi otaxon M. Yo‘ldoshevga hamda uchinchi o‘rin Namangan shahar Marg‘ilon mahallasining nuroniy onaxoni Q. Aliyevaga nasib etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA