Buxoro viloyati Olot tumani “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Sodiqjon Turdiyev ishtirokida “Yoshlar tarbiyasida nuroniylarning o‘rnini yanada mustahkamlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mahalla faollari, nuroniylar ishtirok etgan mazkur tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Sir emas, xalqimiz azal-azaldan oilani muqaddas bilib, unda kamol topayotgan farzandlar ta’lim-tarbiyasiga, ularning uning unib-o‘sishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishi, hayotda munosib o‘ringa ega bo‘lishiga jiddiy e’tibor qaratgan. Ayniqsa, mahalla-ko‘yda biror o‘smir nojo‘ya qadam bossa, tarbiyasida salgina qusur sezilsa, darrov yoshi ulug‘ insonlar yaxshi so‘z bilan nasihat qilib, uni to‘g‘ri yo‘lga solgan. Shundan bo‘lsa kerak, “Otang mahalla, onang mahalla”, “Bolaning begonasi bo‘lmaydi” kabi sharqona tamoyillar xalqimiz qon-qoniga singib ketgan.

Tan olib aytish lozim, so‘nggi vaqtlarda hali hayotning achchiq-chuchugini totmagan ayrim yoshlar bilib-bilmay, jinoyat ko‘chasiga kirib qolmoqda. Oiladagi, mahalladagi e’tiborsizlik tufayli ba’zi yosh yigit-qizlar tashqi kuchlarning buzg‘unchi g‘oyalari ta’siriga tushib, tug‘ilib o‘sgan yurti, ota-onasi, yaqinlaridan yuz o‘girmoqda. Ayrim mahallalarda esa ajrimlar masalasiga beparvo munosabatda bo‘lish oqibatida qancha-qancha oilalar barbod bo‘lib, guldek go‘daklar tirik yetim bo‘lib qolmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz videoselektor yig‘ilishi davomida oilaviy ajrimlar, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda mahalla faollari va nuroniylarning o‘rni sezilmayotganligiga to‘xtalar ekan, “Ilgari bir bolaga yetti mahalla ota-ona degan maqolga amal qilib yashardik. O‘g‘il-qizlarimizning axloq-odobi, o‘qishi uchun nafaqat ularning ota-onalari, avvalo mahalladagi nuroniylar, kayvoni keksalar, ziyolilar ham o‘zini mas’ul va javobgar deb bilardi. Shuning uchun ham mahallalarimizda urush-janjal, bezorilik, ichkilikbozlik qilib yuradigan yoshlar, oilaviy ajrimlar kam bo‘lar edi. Ajrim bizga yot edi. Shunday mahallalar bor ediki, nuroniyning bir og‘iz gapi bilan hamma narsa hal bo‘lar edi. Lekin hozir yengil-yelpi hayotga o‘tib oldik” deya bu jiddiy muammoga keng jamoatchilik, xususan, nuroniylar e’tiborini qaratdi.

Vazir o‘rinbosari S.Turdiyev “Arabxona” mahallasi keksalari bilan uchrashuv davomida bu haqida so‘z yuritar ekan mahallada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, yuksak vatanparvarlik, istiqlolga sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, joylardagi Nuroniylar jamoatchilik kengashlari, mahallalardagi “Keksalar maslahati” guruhlari a’zolarining yoshlarni tarbiyalash, oilaviy ajrimlarning oldini olishdagi faolligini yanada kuchaytirish, mahallalarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini yaxshilashdagi o‘rnini mustahkamlash lozimligini qayd etdi.

Shuningdek, tadbir davomida mahalladagi har bir nuroniyga hududda istiqomat qiluvchi 5 nafar yosh biriktirildi.

Tadbir so‘nggida yosh avlodni tarbiyalash, oilaviy ajrimlarning oldini olishda namuna bo‘lgan bir guruh faol keksalarga Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi tashakkurnomasi topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nuroniylar faol bo‘lsa, oilalar tinch, mahallalar obod bo‘ladi