Nurobodga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning tavsiyasiga ko‘ra, Sirojiddin Valiqulovich Berdiqulov Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
S.Berdiqulov 1979 yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. Bank, moliya idoralarida turli mas’ul vazifalarda faoliyat ko‘rsatgan. Tayinlovga qadar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
G‘.HASANOV, O‘zA