Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan Nurobod tumanida hojatxonada chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, noqulay sharoitda tug‘ilgan chaqaloqning salomatligini tiklash boshqarma nazoratiga olindi.
Viloyatdan chaqaloqlar bo‘yicha yetakchi mutaxassislar Nurobod markaziy shifoxonasiga yuborilib, chaqaloqning salomatligi tekshirildi. Keyin esa uni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish maqsadida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining chaqaloqlar bo‘limiga olib kelindi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev go‘dakka tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislarga zarur tavsiyalar berdi.
Hozir chaqaloqning ahvoli qoniqarli va tibbiy davolash standartlari asosida kerakli muolajalar davom ettirilmoqda.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri