Nur-Sulton shahrida lokdaun joriy etiladi
Nur-Sulton shahri COVID-19 pandemiyasi sababli qizil hududga kirganligi sababli yakshanba 21 mart kuni shaharda lokdaun joriy etiladi.
Yakshanba kuni savdo ko‘ngilochar markazlari, savdo uylari, savdo markazlari (ularda joylashgan dorixonalar hamda birinchi darajali oziq-ovqat mahsulotlarini sotadigan va joylashgan joyidan qat’i nazar faoliyatiga ruxsat berilgan ob’ektlar bundan mustasno) yopiq nooziq-ovqat bozorlari, nooziq-ovqat tovarlar bilan savdo qilish ob’ektlari, yopiq sport ob’ektlari, aholiga xizmat ko‘rsatish markazlari, «Kazpochta» AJ faoliyati taqiqlanadi.
Shuningdek, yakshanba kuni jamoat transporti ishi ham to‘xtatiladi - bu kuni dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Shanba va yakshanba kunlari fitnes-markazlar, fitnes-klublar, sport-sog‘lomlashtirish ob’ektlari, saunalar, SPA-markazlarining faoliyat yuritishi taqiqlanadi («Ashyq» tajriba loyihasida ishtirok etayotgan, “sariq hudud”ga tegishli mezonlar amal qiladigan ob’ektlar bundan mustasno). Shaharda epidemiologik vaziyat beqaror. Bo‘lib o‘tgan bayram kunlari koronavirusning kun sayin oshganini ko‘rsatmoqda. Shu bois, 18 martdan qo‘shimcha karantin cheklovlarini ko‘zda tutuvchi qarorlar joriy etiladi. Navro‘z bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi.
Kasallikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Tibbiyot tashkilotlari va tibbiyot xodimlariga bir paytlik katta yuklama tushmasligi uchun qat’iy sanitariya me’yorlariga amal qilish: niqoblar taqish, ijtimoiy masofani saqlash kerak. Nur-Sultonning davlat bosh sanitar shifokori Sarxat Бейсеноva, Shahar sanitar shifokori S. Бейсеноva ham 18 martdan umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoranlar, qahvaxonalar, bar va oshxonalar)ning ish vaqti oddiy ish kunlari va dam olish kunlari soat 07:00 dan 22:00 gacha qisqartirilishini qayd etishdi. Bundan tashqari, 18 martdan kinoteatrlar, kinorumlar faoliyati ham taqiqlanadi.