"Nur qidirib" yangi shaklda nashr etildi
Zabardast adib Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek qalamiga mansub "Nur qidirib" qissasi yangi ko‘rinishda nashr etildi.
Zabardast adib Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek qalamiga mansub "Nur qidirib" qissasi yangi ko‘rinishda nashr etildi.
Asar bosh qahramonlari Ahmad Husayn va Iskandar xalq ozodligi va farovonligi yo‘lida kurashadi, samimiy muhabbatlariga astoydil intiladi. ''Nur qidirib" asarida sof muhabbat, halol mehnat va insoniyatning mashaqqatli turmush tarzi aks etgan.
Kitob zamonaviy ko‘rinishga ega va qalin muqovada ''Yangi asr avlodi" nashriyotida chop etildi.