Nukusda suzish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Nukus shahrida Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yiliga bag‘ishlab sportning suzish turi bo‘yicha 2007-2009 yillarda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston chempionati musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqada Nukus shahri va tumanlardan tashrif buyurgan 150 nafardan ziyod sportchi qatnashdi.
[gallery-1286]
Ishtirokchilar belgilangan masofaga brass, batterflyay, chalqancha va erkin usulda suzish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA