Nukusda qoraqalpog‘istonlik polvonlar bellashdi
Nukus shahrida erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda tumanlar hamda Nukus shahridan 150 nafarga yaqin sportchi qatnashdi.
Musobaqa murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Xotin-qizlar o‘rtasida Aynura Quvonchboyeva, Umida Jumaniyozova, Yuliya Maxsetboyeva, Ozoda Medetboyeva, Asal Jalgasboyeva, Sabrina Uzoqboyeva, Komila Turimbetova, Komila Ubbinyozova o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida Shuhrat Qilichboyev, Menlibek Yo‘ldoshov, Oltinboy Tileuniyazov, Otabek Begaliyev, Ernazar Sarsenboyev, Baxtiyor Borliqboyev, Islom Tozaboyevlar birinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-5879]
Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV, O‘zA