Nukusda «Kumush qish» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida qoraqalpoq rassomlarining ijodiy ishlaridan iborat «Kumush qish» nomli ko‘rgazma namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida san’at va madaniyat sohasi xodimlari, taniqli rassomlar, talaba va o‘quvchi-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Mazkur ko‘rgazmada ustoz rassomlar bilan bir qatorda iste’dodli yosh mo‘yqalam sohiblarining yigirmadan ortiq ijodiy ishi o‘rin olgan. Kartinalarda asosan o‘lkamizdagi qish mavsumining o‘ziga xosligi, inson va tabiat uyg‘unligi turli janrlarda tasvirlangan.
[gallery-10649]
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan Qoraqalpog‘iston xalq rassomi S. Boybosinovning «Qish», «Boysun», «Qishqi natyurmort», O‘zbekiston rassomlar ijodiy uyushmasi a’zolari Q. Xo‘jamurotovning «Unutilgan portret», J. Abatovning «Qish oqshomi» kabi kartinalari barchada chuqur taassurot qoldirmoqda.
Mazkur ko‘rgazma bir oy davomida san’at ixlosmandlariga taqdim etiladi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA