Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2022 yil 2 fevraldagi «Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan.

O‘tgan yillar davomida Toshkent metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida to‘qqizta yangi to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilingan hamda 23 ta to‘rt vagondan iborat metro poyezdlari kapital ta’mirlangan.

Toshkent metropoliteni matbuoti xizmati rahbari To‘ychi Mirzayevning ma’lum qilishicha, Toshkent metropolitenida savdo maydonchalari qaytariladi. Bu kabi savdo maydonchalari faoliyati tajriba tariqasida «Novza» metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida tashkil etiladi. Yer osti va yer usti metro bekatlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Novza» metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida savdo maydonchalari tiklanadi