Parijdagi Notr-Dam soborida terrorchilik harakatidan ogohlantirilgan maktub topildi. Bu haqda "Le Figaro" nashri poytaxt politsiyasidagi manbaga tayanib xabar bergan.
Noma’lum shaxslar ma’muriyatni 11 va 12 oktyabr kunlarida majmuani ochmaslikka chaqirib, bino ichkarisiga hujum rejalashtirilganini yozgan. Noma mualliflari fikricha, “so‘nggi kunlarda soborga pichoq yashirgan xorijiy fuqarolar qirg‘in qilish niyatida”.
Binobarin, majmua xavfsizlik xizmati Parij politsiyasi prefekturasi bilan birga o‘tkazgan tekshiruv chog‘i binoda hech qanday qurol topilmagan. Shanba kuni soborga tashrif buyuruvchilar kiraverishda tekshirib o‘tkazildi.
Parijdagi asosiy sayyohlik maskanlaridan birining ma’muriyati hali hodisa yuzasidan shikoyat qilishga qaror qilgani yo‘q.
M.Pirmatova, O‘zA