Tabiatni qadrlaydigan, undan hikmat topa bilgan, borliq bilan tillasha oladigan, sirlasha bilgan, oddiylikdan mo‘’jiza topgan ijodkor...

Adib Normurod Norqobilov ijodini yaqindan bilgan kitobxon unga shunday baho berishi tabiiy.   

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, uyushma a’zosi Normurod Norqobilov ijodiga bag‘ishlangan “Yuzma-yuz” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Kechada muallifning "Qoyalar ham yig‘laydi”, “Tog‘dagi yolg‘iz odam”, “Ajal chorlagan kun”, “Dasht-u dalalarda” nomli qissa va romanlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.   

Adabiy tadbirda milliy adabiyotimizga, kitobxonlikka qaratilayotgan e’tibor, qalamkashlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi.   

Yozuvchi Normurod Norqobilov ijodining o‘ziga xos jihatlari xususida batafsil so‘z yuritildi. Ma’lumki, inson va tabiat, inson va borliq mavzusi adabiyotda ustuvor o‘rin egallaydi. Jahon adabiyotidagi bu mavzu azaldan mavjud bo‘lib, keyingi yillarda uning kuchayganini kuzatish mumkin.   

Adabiy anjumanda e’tirof etilganidek, Normurod Norqobilov tabiatga maftun  bo‘lgan, o‘zini uning ajralmas qismi deb hisoblaydigan ijodkorlardan.   

Adabiyotshunoslar, Normurod akaning ona-tabiatga bag‘ishlangan asarlarini jahon adabiyotining nomdor vakillari ijodi bilan bemalol bellasha olishini ta’kidlaydilar. 

Insonning ona-tabiatdan uzoqlashib, o‘z fojeasi bilan to‘qnashayotgani, borliq qonuniyatlarining adabiy-badiiy talqini, bu qonuniyatni yurakdan his etish Normurod Norqobilov asarlarida ustuvor o‘rin egallaydi. Muallif tabiat muhitida turib, ma’naviy, ijtimoiy-psixologik muammolarni ayta olishi, dolzarb g‘oyalarni o‘rtaga tashlashi, ijodi teran falsafaga yo‘g‘rilgani e’tiborga molik. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi muammolar alaloqibat insonning o‘ziga misli ko‘rilmagan fojealar olib kelishi adib asarlarida tabiiy, hayotiy, ham oddiy, jaydari tarzda ifoda etilgan.   

Normurod Norqobilovning tabiatga bag‘ishlangan asarlari mamlakatimiz bosma ommaviy axborot vositalarida muntazam chop etiladi.     

Ma’lumotlarga ko‘ra, Normurod Norqobilov 1953 yilning iyunida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanining Qishliq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1982 yilda Toshkent Davlat universiteti – hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan.   

1987 yilda uning ilk hikoyalar to‘plami – “Zangori ko‘l” chop etilgan. Keyinchalik “Unutilgan qo‘shiq” (1990), “Yuzma-yuz” (1993), “Sariq gul” (1996), “Paxmoq” (1997), “Temur g‘ori” (1999), “Arazchi chumchuq” (1999), “Bekatdagi oq uycha” (2000), “Ovul oralagan bo‘ri” (2005), “Jo‘shqin daryo” (2005), “Bo‘ron qo‘pgan kun” (2007) hikoya va qissalardan iborat to‘plamlari va “Dashtu dalalarda”   (2009) romani chiqdi.   

Adibning “Quyoshi botmaydigan yurt”, “Belbog‘” va boshqa asarlari asosida ko‘p qismli videofilmlar yaratilgan. Bir qancha hikoya va qissalari rus, qozoq, belarus, qirg‘iz, tatar, arab, turk, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan.   

Normurod Norqobilov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.   

Anjumanda adib ijodi, uning yangi asarlari haqida batafsil so‘z yuritildi.   

Nazokat Usmonova,

Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Normurod Norqobilov – tabiatning kamtar kuychisi