O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 6 iyul kungi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga, normativ-huquqiy hujjatlarning hamda ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 dekabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasini tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholab borish vazifasi yuklatilgan. Bunda asosan respublikadagi ijro etuvchi hokimiyat va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ularning loyihalari, ular tomonidan chiqarilgan farmoyishlar, bayonnomalar hamda chiqish xatlari o‘rganiladi.

– O‘tgan yil davomida 16 ta tuman va 1 ta shahar hokimliklari tomonidan qabul qilingan qarorlar, farmoyishlar, bayonnomalar va chiqish xatlari xatlovdan o‘tkazildi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Alisher Aminov. – O‘tkazilgan xatlov davomida jami 22 ming 739 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, 3 ming 410 ta qaror, 2 ming 85 ta buyruq, 3 ming 18 ta bayonnoma va14 ming 226 ta chiqish xati o‘rganildi. Shundan hujjatlarda qonunchilik talablariga zid 116 ta holat aniqlandi. Ulardan 111 tasi yuzasidan hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilishi holatini to‘xtatish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik haqida taqdimnoma kiritildi.

Bundan tashqari, ish rejasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan qabul qilingan 235 ta buyruq, 137 ta bayonnoma va 4 ming 36 ta chiqish xati xatlovdan o‘tkazilib, qonunchilik talablariga zid 5 ta holat aniqlandi. Ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablarining buzilish holatlarini to‘xtatish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik haqida taqdimnomalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ularning loyihalari, ular tomonidan chiqarilgan farmoyishlar, bayonnomalar hamda chiqish xatlarini o‘rganish ishlarini olib borish uchun reja-jadvali ishlab chiqildi. Qo‘mitaning 2025 yil 1-yarim yillik ish rejasiga hamda reja-jadvaliga muvofiq joriy yilning yanvar-mart oylari davomida Amudaryo, Beruniy va To‘rtko‘l tumanlari hokimliklari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning raqobatga ta’siri o‘rganib chiqildi. O‘tkazilgan xatlov davomida jami 4  ming 704 ta hujjat, shu jumladan, 409 ta qaror, 251 ta farmoyish, 381 ta bayonnoma va 3 603 ta chiqish xati o‘rganildi. Shundan hujjatlarda qonunchilik talablariga zid 48 ta holat aniqlandi. Qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘ygan tuman hokimliklariga ularni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tegishli taqdimnomalar kiritildi.

Bugungi kunda qo‘mita tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning raqobatga ta’sirini o‘rganib chiqish ishlari muntazam ravishda davom etib kelmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi nazoratda