Norinda havaskor rassomlar tanlovi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanidagi Yangi Namangan mahallasida yoshlarning tasviriy san’atga qiziqishini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Havaskor rassomlar” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ishlari agentligi, tuman hokimligi hamda 6-musiqa va san’at maktabi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda Yangi Namangan mahallasiga tutash yetti mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etib, tasviriy san’at yo‘nalishidagi ijodiy ishlarini namoyish etdi.
[gallery-31015]
Tadbirning ochilish marosimida Norin tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Malika Tojiboyeva so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi hamda ularni yangi ijodiy yutuqlar sari intilishga chaqirdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA