FOTOREPORTAJ

Limonchilikda yurtimizda peshqadamlardan hisoblangan Namangan viloyati Norin tumani omilkorlari endilikda banan yetishtirishga ham jiddiy yondashmoqdalar.  

Xalqimiz tomorqa qo‘shimcha daromad manbai ekanini yaxshi anglagan holda yiliga 2-3  marotaba hosil olishni ko‘zlab ish yuritishi natijasida yetishtirilayotgan hosil miqdori ham ortib bormoqda. Mazkur yumushlarga Norin tumanidagi 57 ta mahallada alohida e’tibor qaratilmoqda. 

[gallery-16655]

Xususan, tumandagi “Muzaffar olchazori” bog‘dorchilik xo‘jaligida issiqxona sharoitida banan yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.  

- Banan ko‘chatlarini yerga qadagach, yarim yildan keyin sekin-asta mevalari yetila boshlaydi. Bahor, yoz oylarida havo harorati isishi tufayli hosil mo‘l va barakali bo‘ladi. Bitta banan daraxti 23-24 kilogacha, donaga hisoblasa, 300-350 tagacha meva berishi mumkin. Mahsulotning xaridorgirligi hisobga olinsa, uning savdosidan kelayotgan daromad ham salmoqlidir, – deydi xo‘jalik rahbari Muzaffar  Mo‘minov.  

Ayni damda xo‘jalikda banan daraxtlaridagi hosillar pishib yetilish arafasida.  

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Norinda banan yetishtirish rivojlanmoqda