FOTOREPORTAJ

Norin daryosining Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on, Norin va Uychi tumanlaridan oqib o‘tuvchi qismida sel va suv toshqinlariga xavfli bo‘lgan hududlarni mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.  

Jarayonda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar, Ekologiya boshqarmalari, “Davsuvnazorat” davlat inspeksiyasi, Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va boshqa qator aloqador tashkilotlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, Uchqo‘rg‘on tumanida 18 ta, Norin tumanida 7 ta, Uychi tumanida 17 ta, jami 40 dan ortiq hudud ko‘zdan kechirildi. Olib borilgan xatlov natijalari asosida 9 ta uchastka eng xavfli, deb topildi.

Ishchi guruh tomonidan eng xavfli deb belgilangan 9 ta uchastkadagi mavjud xavfni bartaraf qilish maqsadida “Norin daryosining Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlaridan oqib o‘tuvchi qismidagi yemirilgan qirg‘oqlarni mustahkamlash hamda tabiiy holiga keltirish orqali mazkur hududlardagi aholi va hududlarni, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy va iqtisodiy soha ob’ektlarni sel va suv toshqinlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi davomida Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlari hududlaridan oqib o‘tuvchi Norin daryosi sohiliga kirish yo‘llaridagi 1 ta nuqtasida viloyat FVB, viloyat IIB, viloyat Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, “Davsuvnazorat” DI, Norin-Sirdaryo ITX boshqarmalari ishchi va xodimlaridan iborat boshqaruv shtabi hamda 3 ta nuqtada qabul qilish va kuzatish postlari tashkil etildi.  

[gallery-14683]

Tadbirda tegishli uchastkalarga qirg‘oq dambalarini mustahkamlash hamda hududlarga favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun zaxira maqsadida jami 436 ta yuk mashinada tosh olib kelindi. Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Norin daryosining qirg‘oqlarini mustahkamlash maqsadida maxsus texnikalar jalb etildi. Tosh materiallaridan foydalangan holda qirg‘oqni mustahkamlash ishlari bajariladi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Norin daryosi qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari bajarilmoqda