Norbo‘tabiy madrasasidan fotoreportaj
Farg‘onadagi tarixiy yodgorliklardan biri Norbo‘tabiy madrasasi Qo‘qon xoni Norbo‘tabiy hukmronligi davri (XVIII asr oxiri)da qurilgan. Xalq orasida Madrasai Mir jome masjidi nomi bilan ham yuritiladi.
Norbo‘tabiy madrasasi Qo‘qon shahridagi Chorsu maydoni yaqinida barpo etilgan. Bir qavatli, hovlili, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli va 4 burchagiga minora-guldastalar ishlangan. Hovli atrofida qator ravoqli hujralar joylashgan. Peshtoqi shimolga qaragan. Miyonsaroyning 2 tarafida peshtoq bo‘ylab tutashgan gumbazli masjid va 12 ta derazali darsxona mavjud. Madrasa pishiq g‘ishtdan qurilgan, xonalar ichi ganchsuvoq qilingan. Masjidning gumbaz osti sharafa(yoki ichki yumaloq maydon)si va mehrobining yulduzsimon bezaklari serhasham ko‘rinadi. Eshiklari girih naqshlar bilan bezatilgan, ichki qismida esa o‘ymakori islomiy naqsh qo‘llanilgan. Norbo‘tabiy madrasasining tashqi ko‘rinishi Buxoro me’morlik maktabi uslubiga xosdir.
[gallery-20074]
Norbo‘tabiy Qo‘qon xonligining beshinchi xoni bo‘lib, u uchinchi xon Abdukarimbiyning nabirasidir. Norbo‘tabiy Qo‘qonga xon bo‘lganidan so‘ng madrasa qurilishi boshlanib, 1798 yilda to‘liq bitkazilgan.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA