Noqonuniy qurilishlar qachon barham topadi?
Bino va inshootlar qurilishi borasida tegishli shaharsozlik normalari, tartib-qoidalar mavjud bo‘lsada, ayrim fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilmalarni barpo etish holatlari uchrab turibdi. Biz ushbu holatlarni yaqindan o‘rganish, kengroq ma’lumot olish niyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurdik. Tashrifimiz matbuot bo‘limi bilan kelishilgan bo‘lishiga qaramasdan, Vazirlik mutasaddilari intervyu berishdan bosh tortishdi. Aslida bizning niyatimiz noqonuniy qurilishlar haqida noto‘g‘ri xulosa va turli talqinlardan qochgan xolda fuqarolarga to‘laqonli asoslangan ma’lumotlarni yetkazish edi xolos.
Batafsil videoda:
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/z6JPqVdNkzQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, D.Yakubov, I. Ismatov O‘zA