O‘zAda YANGI LOYIHA – Tarixiy manzillar bo‘ylab sayohat!

Ziyorat turizmi bo‘yicha mamlakatimizning o‘z salohiyati mavjud. Yurtimizda islom dunyosi tan olgan allomalarning maqbaralari, tabarruk qadamjolari ko‘p.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida joylashgan Mizdakxon majmuasida Rajab Xalifa me’moriy obidasi mavjud. Yodgorlik Xorazm me’morchiligi asosida XI-XII asrlarda madrasa sifatida qurilgan. 

Madrasadagi mullalarni o‘qitgan mudarris tapchani va minbarlar yaxshi saqlangan. Maqbara "Jahon soati" deb ham ataladi va bu yerda Odam Ato dafn qilingan deya ta’riflanadi.

Har yili maqbaraning bitta g‘ishti qulab tushadi. "Bu yerdagi so‘nggi g‘isht qulaganida, qiyomat keladi" degan rivoyatlar bor.

Mazkur yodgorlik haqida Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi mutaxassisi Baxtiyor Kalbayev quyidagilarni so‘zlab berdi.

"1221 yili mug‘ullar istilosi oqibatida madrasada ta’lim berish to‘xtaydi, – deydi B.Kalbayev. – XIV asr 1-yarmidan boshlab Rajab Xalifa madrasasi maqbaraga aylangan. Hozirda uning faqatgina 16 metr balandlikdagi 3 ta devori saqlangan. Yodgorlikning peshtoq va gumbaz qismi vaqt o‘tishi bilan salbiy ta’sirlar natijasida yiqilgan. Poydevori va tomyopma qismlarining barchasi 27,0x27,0x5,5 va 28,0x28,0x5,5 sm o‘lchamdagi pishgan g‘ishtdan tiklangan.

Mizdakxon majmuasi hududida bundan tashqari Gauir qala, Jumart qassob tepaligi, Aq xanaqa, Yozgi va qishki masjidlar, Mazlumxon suluv, Shamun Nabiy, Madaminxon, Shamun Nabiy bolasi, Qirq chupon, Gumbaz Shaxib kabi maqbaralar joylashgan.

YeTTI QIZ SHARAFIGA QURILGAN GUMBAZ...

Mizdaxkonning deyarli barcha madaniy ob’ektlari yetti raqami bilan bog‘liq. "Yetti gumbaz"ni Shamuna Nabining yetti go‘zal qizi sharafiga qurilgan, deya hisoblashadi. Rivoyatlarga ko‘ra, Xalifa Yerejep yodgorligining ostida Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning yetti sahobiylari dafn qilingan.

Bundan tashqari, "Yerejep" ("Rajab") ismi arab solnomasida yettinchi oyning nomi hamdir. Sag‘ana ham "yetti sahoba" nomi bilan mashhur. "Jetti qari" maqbarasi Qur’onning yetti hatmchisiga tegishli. Shuning uchun ham ziyorat qiluvchilar yetti g‘ishtdan iborat ustuncha hosil qilishadi. Ustunni Xalifa Yerejep inshooti bilan ham bog‘lashadi. Aytishlaricha, yilda bir marotaba devordan bir donadan g‘isht qulab tushar ekan. Devordagi so‘nggi g‘isht tushgan onda yerdagi hayot ham o‘z yakuniga yetardi deyishadi. Ziyoratchilar g‘ishtdan ustun qilib asnosida bino bardavomligini yetti yilga cho‘zishar ekan. 

Balandlikning g‘arbiy qiyasida Mizdakxon majmuasining XI-XIV asrlarga tegishli Xalifa Yerejip yodgorligi mavjud. Qachonlardir salobatli hisoblangan imoratdan juda kam qoldiqlar qolgan. Yodgorlikning devorlari xom g‘ishtdan ko‘tarilgan bo‘lib, ustidan pishgan g‘isht qoplangan. Peshtoqi qulagan yerdan qachonlardir binoni bezashda xizmat qilgan rangli koshinlar qoldig‘i topilgan.

Mizdakxon yodgorligining umumiy maydoni 250 gektarni tashkil etadi. Yodgorliklarning yangilari XVI asrda qurilgan, eng qadimiysining yoshi esa 2000 yildan oshadi.

Majmuaning milodiy II-XIV asrlarga tegishli Jumard qassob yodgorligi haqida ham afsona mavjud. Unga ko‘ra bu yerda qachonlardir Jumard ismli boy inson yashagan. U qassob bo‘lib, hosil barakasiz bo‘lgan yil atrofdagilarga bepul barra go‘sht ulashgan. Shu bilan birga, tabarruk Jumard chorvadorlar homiysi ham bo‘lgan. Chorva unumi tushib ketsa, tepalikka jonivorlarni haydab kelib, uning atrofida yetti marta aylantirishgan. 

Olimlar Jumard ismini qadimiy eron afsonaviy qahramoni Gavmard ("buqa"ni tasvirlovchi "gav" – buqa, "mard" – inson) bilan bog‘lashadi. Gavmard, zardushtiylik kosmogoniyasining ilk odami bo‘lib, Ayryanem Vedjo (Xorazm)da Daytiy (Amudaryo) qirg‘og‘ida yashagan. 

G‘AM-ANDUHGA BOTGAN MINORA...

Nozlimxon Suluv maqbarasi haqida ham turli afsonalar mavjud. Maqbaraning gumbazi ostida ishini yakunlayotgan usta qurilish qilayotgan amaldorning qizini qo‘lini so‘raydi. Mag‘rur go‘zal, kim shu chuqurga sakrasa, shu yigitni sevib qolishini ma’lum qiladi. Bir daqiqa ham o‘ylab o‘tirmay, usta jarlikka sakraydi va toshdan terilgan polga yiqilib, nobud bo‘ladi. Buni ko‘rgan go‘zal qiz shu zahotiyoq o‘z joniga qasd qiladi.

Ikkinchi afsonaga ko‘ra, uzoq o‘lka shahzodasi sayohat qilib yurib, Mizdakxonga kelib qoladi va boshqa ustalar bilan birga qurilishda xizmat qiladi. U hukmdorning qizi Nozlimxon Suluvni sevib qoladi. Sohibjamol esa unga javoban muhabbatini bildiradi. Yigit qizning otasidan uning qo‘lini so‘ragani borganida, amaldor unga bir kechada shaharda eng baland minora qurish shartini qo‘yadi. 

Shahzoda-usta bu shartni bajaradi, lekin hukmdor qizidan ayrilishni istamay, va’dasining ustida turmaydi. Shunda bebaxt oshiq o‘zini minoradan pastga tashlaydi. Uning ortidan mahbubasi ham sakraydi. Sevishganlar maqbaraga ko‘milgan, minora esa g‘am-anduhga botgan ota buyrug‘i bilan vayron qilinadi.

TUXUM SOLIB QO‘YILGAN QABRLAR...

Jumart qassob arxeologik yodgorligi ham Mizdakxon majmuasida joylashgan bo‘lib, tarixi II-XIV asrlarga borib taqaladi. Jumart qassob Mazlumxon Suluv qabriston tepaligining o‘rta qismida joylashgan. Eni 50-60 metr, balandligi 8 metr bo‘lgan qo‘rg‘onsimon sun’iy do‘nglik.

Uning yon nishablaridagi qatlamlardan milodiy II-III-asrlarga oid sopol buyumlarining siniqlari topilgan. Yodgorlikning ba’zi joylaridagi milodiy IX-XI asrga tegishli qabrlar o‘rganilgan. 

XII-XIV asrga tegishli qabrlardagi 6 ta xumchaning ichida har birining po‘chog‘iga arab yozuvlarda bitilgan uchtadan, jami 18 ta tuxum, bir hovuch Qoraumbat konining osh tuzi va yongan yog‘och ko‘mir solib qo‘yilgani aniqlangan. 

Mahalliy aholi mazkur do‘nglik saxiyligi bilan nom chiqargan Jumart qassobning qabriga undan qarzdor bo‘lgan odamlar tashlagan bir siqimdan tuproqning uyulishidan hosil bo‘lgan, deydi.

MAZLUMXON SULUV MAQBARASI

Mizdakxon majmuasida joylashgan qadimiy obidalardan biri Mazlumxon suluv maqbarasi bo‘lib, mazkur yodgorlik tarixi XII-XIV asrlarga tegishli. Ko‘plab hujralari bo‘lgan ushbu inshoot 7 metr chuqurlikda o‘ziga xos loyiha asosida barpo etilgan bo‘lib, gumbazi yer sathidan yuqorida joylashgan.

Shuningdek, Mizdakxon majmuasida balandligi 5,10 metr bo‘lgan Gumbaz Shaxib, XIII-XIV asrlarga tegishli Shamun Nabiy, Qirq cho‘pon maqbaralari ham joylashgan. Gabrqal’a esa bu hududdagi eng qadimiy yodgorlikdir. Uning tamal toshi eramizdan avvalgi IV-III asrlarda qo‘yilgan. Ayni paytda bu qal’aning xarobalarigina bizgacha yetib kelgan.

QABRISTONGA AYLANTIRILGAN YODGORLIK

O‘tgan yili Mizdakxon majmuasi hududida joylashgan Xalifa Rajab maqbarasi tarixiy yodgorligi hududida yangi qabrlar uchun yerlar sotilayotganligi haqida xabar tarqaldi.

2021 yilning oktyabr oyida Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi tomonidan Mizdakxon majmuasining tarixiy obidalar hududida o‘rganish ishlari olib borilgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 2021 yilning 5 oktyabr kuni Xo‘jayli tumanida joylashgan madaniy meros ob’ekti bo‘lgan Mizdakxon majmuasi tarkibiga kiruvchi Xalifa Rajab maqbarasining muhofaza yer chegarasi hududiga marhum qo‘yilganligi aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro K.Ilyasov 2021 yil 5 oktyabr kuni Xalifa Rajab maqbarasi tarixiy yodgorligi yoniga tegishli ruxsatnomasiz, o‘zboshimchalik bilan qabr qazgani aniqlangan. Sudda huquqbuzar B.To‘lepov marhum (otasi O.To‘lepov)ning qabri uchun ruxsatnomasiz yer tanlagani ma’lum bo‘ldi. Fuqaro K.Ilyasov va B.To‘lepovlarning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 64-moddasi 2-qismi va 200-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgani bois, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, sudga oshirildi va tegishli choralar ko‘rildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 4 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan "Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 53-bandiga ko‘ra, madaniy meros ob’ektlari (arxeologik obidalar) va ularning muhofaza hududi qabriston uchun yer uchastkasi sifatida ajratilishi mumkin emas. 

Yurtimizdagi nodir me’moriy obidalarni asrab-avaylash esa nainki soha mutaxassislari va mas’ullari, balki barcha fuqarolarning burchidir.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy qabr qazilgan majmua, har yili bir g‘ishti qulab tushadigan maqbara, baxtsiz oshiq o‘zini tashlagan minora... 