Noqonuniy mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan ichki bozorga sifatsiz, noqonuniy maishiy texnika buyumlari va elektrotexnika mahsulotlarini kirib kelishiga doir qonun buzilish holatlariga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi va viloyat IIB YHXB xodimlari hamkorligida Sirdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro X.X boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk mashinasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi. Mashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan dastlabki qiymati 377 million so‘m bo‘lgan 151 dona rangli televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sh. Suyarov,
O‘zA.