Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Noqonuniy kesilgan saksovullar qimmatga tushdi

Hozirda ushbu yoʻnalishdagi tadbirlar kuchaytirilgan tartibda davom ettirilmoqda.
Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Brokonyerlikka qarshi kurash oyligi” tadbiri davomida oʻtkazilgan tungi ekologik nazorat reyd tadbirida Xazorasp tumanida yashovchi fuqarolar R.I, R.A lar hamda Yangiariq tumanida yashovchi fuqarolar Q.A va A.R lar tomonidan noqonuniy ravishda saksovul daraxti kesilib, yuk mashinasiga ortilgani aniqlangan.
Huquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respulikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida jarima va 4 million 370 ming 800 soʻm tabiatga yetkazilgan zarar undiriladigan boʻldi.
Hozirda ushbu yoʻnalishdagi tadbirlar kuchaytirilgan tartibda davom ettirilmoqda.
https://uza.uz/posts/219876
Ulaşiş




