Shu kunlarda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali va bo‘lim xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan birga joylarda o‘rganishlar davom etmoqda.

Jumladan, Romitan tumanining Samosiy mahallasida joylashgan xonadonlarning birida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan holat aniqlandi. Fuqaro xonadoni nazoratdan o‘tkazilganida hech qanday elektron gaz hisoblash uskunasi o‘rnatmasdan, tabiiy gazga noqonuniy ulangan. Holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob qilindi hamda iste’molchi jarimaga tortildi.  

– Tumanning yana bir mahallasi Marziya hududida ham noqonuniy holat aniqlandi, – deydi “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimi Alisher Hamroyev. – Xonadon egasi elektron gaz hisoblash uskunasini chetlab o‘tib, rezina shlang orqali aylanma yo‘l bilan tabiiy gazga noqonuniy ulanib, foydalangan. O‘rganishlar davomida iste’molchining 7233 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi hamda bu xatti-harakati sabab fuqaro 18 807 360 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.  

Bugun ba’zi iste’molchilar tabiiy gazdan foydalanganda o‘zlarining huquq va majburiyatlarini unutib qo‘ymoqda. Olib borilayotgan o‘rganishlar davomida iste’molchilarga bu haqida tegishli tartibda tushuntirishlar berilmoqda va noto‘g‘ri xatti-harakat uchun qonunchilikda javobgarlik mavjudligi ham ta’kidlanmoqda.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy holatlarning oldi olinmoqda