Andijonda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olish uchun da’vogar pedagoglarni saralash imtihoni o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan oylik ustama berilishi bo‘yicha viloyat, tuman va shaharlar bo‘yicha kvotalar tasdiqlangan. 

Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan qaroriga muvofiq tuzilgan Ishchi guruh tomonidan belgilangan kvotalardan kelib chiqib, har oylik ustama olish uchun boshlang‘ich ta’lim, aniq va tabiiy fanlar, xorijiy tillar, ijtimoiy va filologiya hamda amaliy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlarning test imtihonidan o‘tishlari belgilangan. 

Bilim va malakalarni baholash agentligi Andijon bo‘limi tomonidan Andijon shahridagi 37- umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan test imtihonida viloyatdagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 243 nafar hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarda ish olib borayotgan 24 nafar, jami 267 nafar malakali pedagog test sinovi topshirib, o‘zlarining bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. 

[gallery-16023]

– Mamlakatimizda izlanuvchan, tashabbuskor va ilg‘or pedagoglarning o‘z salohiyatlarini yuzaga chiqarishi, ularning mehnatini rag‘batlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda, - deydi Buloqboshi tumanidagi 6-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Gulnoraxon Mamarasulova. - Jumladan, vazir jamg‘armasi hisobidan oylik ustama berilishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan mazkur imtihon ham ana shunday imkoniyatlardan biri hisoblanadi. Men ham ushbu imtihonda ishtirok etdim. Imtihon bo‘yicha javoblarim natijalari ijobiy bo‘ladi, deb umid qilaman. 

Test imtihonlari ikki smenada, belgilangan tartiblar asosida bo‘lib o‘tdi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nomzodlar vazir ustamasini olish uchun imtihondan o‘tdi