Nomiga mos yuksalgan “Yuksalish” (+video)
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani markazidan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini har jihatdan yuksalgan maskanlardan. Bu keyingi yillarda o‘z-o‘zini boshqarishning noyob instituti bo‘lgan mahalla tizimida amalga oshirilayotgan hayotbash islohotlar samarasidir.
Ayni paytda mahalladagi 565 xonadonda qariyb 3300 nafar aholi istiqomat qiladi. Hozirda hududda mamlakatimiz mahallalari ichida tajriba tariqasida tashkil etilgan dastlabki “Yuksalish” mahalla servis kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kompaniya rahbari Abdurashid Sirojiddinovning qayd etishicha, bu yerda 10 ta doimiy va 20 ta mavsumiy ish o‘rni bo‘lib, qishloq xo‘jaligi texnikalari, mehnat qurollari, oila uchun zarur bo‘ladigan qurilish mahsulotlari mavjud. Kompaniya xodimlari tomonidan hududni tozalash, obodonlashtirish, duradgorlik, chilangarlik, bog‘bonlik kabi 24 turdagi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Eng muhimi, har qanday buyurtma tez, sifatli va nisbatan arzon narxda bajariladi.
[gallery-18797]
Parrandachilik, chorvachilik, oilaviy tadbirkorlik, issiqxonada turli mahsulotlar yetishtirish mahalla drayveri sifatida belgilangan. Shu yilning bahorida ijtimoiy daftarlar ro‘yxatida turgan 30 ta oilaga subsidiya asosida 1000 donadan tovuq tarqatilib, xonadonlarda zamonaviy tovuqxona ham qurib berildi. Xorijdan qaytgan 17 nafar mehnat migrantiga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun ko‘maklashildi.
Mahallada joylashgan “Gulnora Matqulobod bodomlari” ishlab chiqarish kooperatsiyasida bir oyda o‘rtacha 85-90 tonna bodom qayta ishlanib, qadoqlangan holda mamlakatimiz ichki bozorlariga yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda kooperatsiyaga hududdagi 500 nafar kasanachi jalb etilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ccLqy45Pxsg" title="Nomiga mos yuksalgan “Yuksalish”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shu kunlarda kooperatsiya rahbari Samarqand viloyatida bo‘lib, sohada katta hayotiy tajribaga ega bog‘bonlar bilan eng yaxshi navlar ko‘chatlarini yetishtirish va Farg‘ona iqlimi sharoitiga moslashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, kooperatsiya qoshidagi tajriba xo‘jaligida AQSH, Ozarbayjondan olib kelingan bodom ko‘chatlari bo‘yicha seleksiya ishlariga kirishildi. Maqsad – eksportni yo‘lga qo‘yish orqali dunyo bozorlarida munosib o‘rin egallashdir. Yaqin kelajakda jahon bozorida “Gulnora bodomlari” brendi paydo bo‘lsa, ajab emas.
– O‘tgan qisqa davrda keng qamrovli ezgu tashabbuslar samarasi tufayli “Yuksalish” MFY to‘liq ishsizlikdan holi hududga aylandi, - deydi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Adhamjon Ziyavutdinov. – Hozirda ushbu mahalla tajribasi asosida viloyatning 18 ta shahar va tumanida bittadan MFYda xususiy sektor ishtirokida boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini tashkil etish hamda obodonlashtirish va aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat va video), O‘zA
KYU.
SHT.