Nomiga monand “Chuqur yoʻl” koʻchasi
FOTOTANQID. Samarqand shahridagi “Chuqur yoʻl” koʻchasining bugungi holati juda achinarli.
Samarqand shahridagi “Chuqur yoʻl” koʻchasining bugungi holati juda achinarli.
Samarqand shahridagi “Chuqur yoʻl” koʻchasining bugungi holati juda achinarli. Hududdan oʻtgan ichimlik suv quvuri uch-toʻrt joyidan teshilgan. Buning oqibatida qancha miqdorda suv isrof boʻlmoqda, hech kim hisobini bilmaydi. Aholining aytishicha, bu holat anchadan buyon davom etmoqda.
Ayniqsa, yogʻin-sochin kunlarda bu koʻchadan oʻtish amrimahol. Suratlardagi holat ham tartibsizliklarni koʻrsatib turibdi. Koʻchaning ikki tomonida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va yuvish shoxobchalari ham belgilangan tartib-qoidalarga javob bermaydi. Oʻydim-chuqur sabab shundoq ham harakatlanish qiyin koʻchaning harakat qismida toʻxtab turgan avtomashinlar bois hududda tartibsizlik yanada “avjiga” chiqadi.
Ha, aytgancha, biz hududda boʻlganimizda “Suvoqova” ishlab chiqarish birlashmasi Samarqand shahar boʻlimi ishchilari kelishgan edi. Ammo, hududni oʻrganib ketgunimizgacha ham amaliy ishga qoʻl urmagan mutasaddilar biz ketganimizdan keyin balki quvurni berkitishgandir!







