O‘zbekistonda 800 mingdan ortiq nogironligi bor fuqarolar istiqomat qiladi.

Ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu turdagi fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish muhim vazifa. Shu munosabat bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi ham bu sohada muhim burilish yasadi. Agentlik tomonidan respublikadagi yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlariga samarali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda yangi, sinalgan uslub va yondashuvlar joriy qilindi.

Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarida ham bu jarayonlar davom etmoqda. Shunday markazlardan biri Toshkent viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazidir. U yerda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati haqida ma’lumot olish uchun markaz rahbari, oliy toifali shifokor Gavhar Shaniyazova bilan suhbatlashdik.

– Toshkent viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi haqida ma’lumot bersangiz?

– Nogironligi bor fuqarolarga xizmat qiluvchi markazimiz 2000 yil aprel oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Markaz 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 20 o‘rin – ichki a’zolar kasalliklari, 20 o‘rin – asab kasalliklari va 10 o‘rin – jarohatlar asorati bilan og‘rigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun. TIEKdan ajratilgan order bo‘yicha har yili 1700 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar sog‘lomlashtiriladi.

– Respublikada muhtoj fuqarolarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashda qanday yangiliklar bo‘lmoqda?

Viloyatda muhtoj fuqarolarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlashda Toshkent viloyati Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasining protez ortopediya va reabilitatsiya texnik vositalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Shohida Po‘latxo‘jayeva bilan tumanlardagi ijtimoiy bo‘lim xodimlari faoliyat olib bormoqda.

– Nogironlikni oldini olish va kamaytirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Viloyatda nogironlikning oldini olish va kamaytirish borasida TIEKlar bilan hamkorlikda ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Markaz reabilitologlari tomonidan TIEK ekspertlari bilan birgalikda nogironlikning 1-3 yillarida bo‘lgan va reabilitatsiya potensiali yuqori deb baholangan nogironligi bo‘lgan shaxslar saralanib, dalolatnoma tuzilib, ularni reabilitatsiya markaziga yuborishga erishilmoqda. Har bir nogironligi bo‘lgan shaxsga TIEK tomonidan reabilitatsiya yakka tartibdagi dasturi (RYATD) tuzilib, markazga yuborilmoqda va markaz reabilitologlari RYATDda ko‘rsatilgan reabilitatsiya chora-tadbirlariga lozim bo‘lsa o‘zgartirishlar kiritib, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirishmoqda.

Bunda asosan nogironligi bo‘lgan shaxslarga psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixoterapiya va psixoprofilaktika metodlari orqali nogironning oilasiga adaptatsiyaga o‘rgatilmoqda. Shuningdek, huquqshunos maslahati va yordami ko‘rsatilmoqda. Saqlanib qolgan kasbiy ko‘nikmalari va qiziqishlari aniqlanib, kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘qishga va mehnatga tavsiya berilmoqda.

– Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatini kengaytirish borasida qanday choralar ko‘rilmoqda?

Markazda fizioterapiya qabul qilgan har bir nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yish maqsadida ularni EKG, EKG-Xolter, EEG, ExoEG, FGDS, Spirometriya, UTT va Doppler, Rentgen apparatlari orqali funksional hamda lobaratoriya tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Markazda fizioterapevtik apparatlardan: Elektroson, UVCH, Elektrofarez, Ultratovush apparati, Darsonval, Magnitoterapiya, Lazeroterapiya, Amplipuls, Tubus kvars, Ingalyator apparati, Miostimulyator apparatlari bilan davolash imkoniyatlari yaratilgan.

Shuningdek, parafin bilan davolash, massaj, dushlar, LFKlardan tashqari, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatini kengaytirish va samaradorligini oshirish maqsadida ko‘zgu terapiya, musiqa terapiya, ergoterapiya, davolovchi dushlar ishga tushirildi.

Gidroaeroionoterapiya apparati esa homiylar tomonidan olib kelinib o‘rnatilib, ishga tushirilgan. Qo‘l barmoqlari motorikasini rivojlantirish uchun 13 xil trenajyorlar hamda tibbiy apparatlardan 1 ta Amplipuls, 1 ta Elektroson, 1 ta Darsonval, 1 ta Elektroforez, 2 ta ingalyator, va UVCH sotib olinib ishga tushirilgan.

Shuningdek, markazning mavjud kutubxonasi xo‘jalik hisobidagi bo‘limdan tushgan tushumga «O‘zbekiston» nashriyotining 275 turdagi yangi kitoblar bilan boyitildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay shart sharoit yaratish maqsadida Ohangaron O‘rmon xo‘jaligi tomonidan 6580 so‘mga 80 tup manzarali va 40 tup mevali ko‘chatlar olib kelinib ekildi.

Shuningdek markaz hududi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida markaz atrofiga bo‘sh yerlar ag‘darilib, gul ko‘chatlar ekildi. «Yashil makon» loyihasi doirasida 130 tup mevali, buta ko‘chatlari o‘tqazildi.

– Qanday ishlar amalga oshirilsa, soha yanada rivojlangan bo‘lar edi?

– Reabilitatsiya markazlariga ambulator xizmat ko‘rsatsa, bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi (BMQAO‘B)ni o‘tkazgan shaxslarda reabilitatsiya jarayoni qanchalik erta boshlansa, shuncha samarali bo‘lib, asoratlari yengilroq kechadi. Shuning uchun BMQAO‘B o‘tkazgan shaxslarda kasallikning o‘tkir davri o‘tishi bilan reabilitatsiya tadbirlarini boshlash, buning uchun nogironlikka chiqishini kutmasdan reabilitatsiya markazlariga yuborish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Viloyatda 59 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud. Markaz 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib har yili o‘rtacha 1700 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar sog‘lomlashtiriladi.

Markazda ambulator xizmati yo‘lga qo‘yilsa, sog‘lomlashtirilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar qamrovi oshar edi. Markazda 2022 yilda Ozonoterapiya bilan davolash va kislorodli kokteyllar bilan davolash rejalashtirilgan, shuningdek koagulogramma, glikozirlangan gemoglobin, qonda kalsiy, magniy, temir miqdorlarini aniqlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu esa qandli diabet, serebrovaskulyar kasallik, osteoporoz, anemiya, yurak ishemik kasalliklarining profilaktikasi va erta aniqlashda yordam beradi. Markazga vertikalizator, yugurish yo‘lakchasi trenajyori, ko‘p funksiyali trenajyorlarni xarid qilish rejalashtirilgan bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatning qamrovi kengayadi.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish: qanday ishlar amalga oshirilsa, soha rivojlanadi?