O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq:

2025 yil 1 martdan boshlab tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida;

2025 yil 1 oktyabrga qadar respublikaning qolgan hududlarida 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. 

Nogironligi bo‘lgan bolalar kunduzgi parvarish xizmatiga ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari o‘rtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilangan tartibda berilgan xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

2025 yil 1 martdan boshlab kunduzgi parvarish xizmatiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

a) Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanilgan bir kun uchun 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan har bir bolaga bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida va 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan har bir bolaga - 27 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun subsidiya miqdori 1,1 ko‘paytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali aniqlanadi;

kunduzgi parvarish xizmati tashkil etilgan joydan 3 kilometr radiusdan ortiq masofada yashaydigan bolalarning kelib-ketishlari uchun xususiy sherik tomonidan transport xizmati yo‘lga qo‘yilganda, unga tarbiyalanuvchining haqiqatda qatnagan kunlari sonidan kelib chiqqan holda bir oy uchun bazaviy hisoblash mikdorining 75 foizigacha miqdorda kompensatsiya to‘lanadi;

b) 2027 yil 1 iyulga qadar kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’ektlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

 2025 yil 1 martga qadar "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimida, jumladan:

mobil ilova yordamida tarbiyalanuvchilarning davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritish;

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan subsidiyalar miqdorini tarbiyalanuvchilarning davomati asosida avtomatik ravishda hisoblab chiqish imkonini beruvchi axborot moduli hamda uning mobil ilovasi yaratiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi