Bugun mamlakatimizda keksalik gashtini surayotgan nuroniylar, imkoniyati cheklangan fuqarolar va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik qilish, mehr-muruvvat ko‘rsatishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Andijon viloyati Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi nogironligi bor va yolg‘iz yashovchi keksalar uchun tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ham ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biri bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 dekabrdagi  “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasidagi tibbiy ko‘rik Jalaquduq tuman tibbiyot birlashmasi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.  

Tumanda istiqomat qiluvchi nogironligi bor va yolg‘iz yashovchi keksalarning salomatligini muhofaza qilish, ulardagi kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, sog‘lomlashtirish ishlarini yaxshilash maqsadida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikka tuman, viloyat davolash muassasalarining terapevt, kardiolog, endokrinolog, nevropatolog, teri-tanosil, okulist kabi o‘ndan ortiq yo‘nalishdagi malakali mutaxassislari jalb qilindi. Bundan tashqari, ko‘rik ishtirokchilari umumiy qon, qand tekshiruvi, gepatit tahlili bo‘yicha laboratoriya, UZI, EKG, flyuorografiya tekshiruvlaridan ham o‘tkazildi.

– Hukumatimizga, shifokorlarga rahmat, – deydi Jalaquduq tumani Bozorboshi mahallasida yolg‘iz yashovchi, mehnat faxriysi, 83 yoshli  Komiljon ota Norboyev. – Ijtimoiy xizmat xodimlari ko‘magida tibbiy ko‘rikka kelib, salomatligimni nazoratdan o‘tkazdim. Men kabi yolg‘iz yashayotgan, nogiron insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tibordan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi.  

Ushbu xayrli tashabbus doirasida yaqinlari, ijtimoiy xizmat xodimlari ko‘magida tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurgan 180 nafar nogironligi bor va yolg‘iz yashovchi keksa fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularga aniqlangan birlamchi kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish, sog‘lom ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilish yuzasidan shifokorlar tomonidan zarur  maslahat va tavsiyalar berildi.  

Tibbiy ko‘rik davomida sog‘ligida jiddiy muammolar aniqlangan 5 nafar fuqaro davolanish uchun shifoxonaga yotqizildi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogiron va yolg‘iz yashovchi keksalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi