Joriy yilning 24 avgust – 5 sentyabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 4400 nafar para atlet 540 ta medallar to‘plami uchun kurash olib boradi. Nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 8 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etadi.

To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan ushbu sport tadbirida mamlakatimiz sharafini yanada yuksaltirishga intilayotgan paralimpiyachilarimiz uchun keng imkoniyat, qulay sharoitlar yaratilmoqda. Ularning yuqori marralarni egallashi esa xalqimiz qalbini g‘urur va iftixorga to‘ldirishi shubhasizdir.

Paralimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, ishtirokchilarni doping muammosidan saqlash kabi masalalar yuzasidan O‘zA muxbiri Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon TURSUNOV bilan suhbatlashdi.

– Paralimpiya o‘yinlari oldidan atletlarimizni dopingdan saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tsangiz.

– Paralimpiya o‘yinlariga ham sanoqli kunlar qoldi. Paralimpiyachilarimiz bilan antidoping sohasida tayyorgarlikni ikki yil avval boshlaganmiz. Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beruvchi litsenziya egalari va litsenziyaga da’vogar sportchilarimiz bilan jadval asosida 60 dan ortiq uchrashuvlar tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvlar o‘quv dasturlari, amaliy seminarlar, davra suhbatlari va turli muammoli vaziyatlarga to‘g‘ri baho berish kabi shakllarda o‘tkazildi. Pandemiya davrida sportchilarimizning salomatligiga ziyon yetkazmaslik va COVID-19 infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarimizning bir qismini onlayn tarzida o‘tkazdik. Bularda nafaqat sportchilar, balki ularning murabbiylari va tibbiyot xodimlari ham faol qatnashib, ular sportda dopingga qarshi kurashga oid turli mavzular, jumladan, zamonaviy sportda doping muammosi, antidoping qoidabuzarliklarining turlari, sportchida doping iste’molining ijtimoiy, tibbiy va ruhiy asoratlari, paralimpiya sportchisining salomatligiga dopingning qo‘shimcha salbiy ta’siri oqibatlari, sportda taqiqlangan dori-darmonlarni salomatligi uchun zarur hollarda iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan vaziyatda sportchilar maxsus ruxsatnoma olishlari mumkinligi va uni rasmiylashtirish tartib-qoidalari, doping-sinamalar topshirishda sportchilarning haq-huquqlari va majburiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Shu bilan bir qatorda, “Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlarini imkon qadar shaffof va dopingdan xoli muhitda o‘tkazish maqsadida, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi va Butunjahon antidoping agentligining qo‘shma qaroriga ko‘ra, paralimpiya sportchilarimizdan 2021 yil fevral oyidan boshlab o‘yinlarga qadar 3 martadan doping-sinamalar olinib, taxlil qilindi. Quvonarlisi shuki, 130 dan ortiq olingan deyarli barcha doping-sinamalarda doping moddalari aniqlanmagani sportchilarimiz faqat o‘z kuchi, kuch-quvvati va matonatiga ishonib, ishonchli g‘alabalarga erishishiga to‘laqonli umid qilsak, ayni muddao bo‘ladi.

– Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilarimiz doping ro‘yxatida bo‘lgan, ammo sog‘lig‘i uchun zarur dori vositalarini qo‘llashi kerak bo‘lsa, qanday chora ko‘riladi?

– Darhaqiqat, ko‘pchilikka ma’lumki, paralimpiya sportchilarimizning har birida o‘ziga xos, nogironlikka sabab bo‘lgan xastaliklari mavjud. Ushbu xastaliklar u yoki bu dori-darmonlarni iste’mol qilishni talab etadi va, tabiiyki, ularning orasida oddiy aholiga mumkin, lekin sportda taqiqlangan dori-darmonlar bo‘lishi ehtimoli mavjudki, ular sportchining ayrim sifatlarini kuchaytirib, uning raqiblaridan ustunlikka olib keladi. Mana shu hollarda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi yetakchi shifokor-olimlardan iborat maxsus komissiya a’zolari paralimpiya sportchilarimizning murojaatlarini chuqur ko‘rib chiqib, ular tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi hamda Terapevtik istisnolar bo‘yicha Xalqaro standart talablariga rioya qilgan xolda ushbu taqiqlangan dori-darmonlarni davolanish maqsadida iste’mol qilishga vaqtinchalik ruxsat beriladi. E’tibor berish lozimki, bu ruxsatnoma tegishli tartibda asoslanib, albatta Butunjahon antidoping agentligi va Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi bilan kelishilganidan so‘ng kuchga kiradi. Hozirda 4 nafar paralimpiya sportchimiz ushbu ruxsatnomalarga ega bo‘lib, salomatliklariga zarar yetkazmagan holda sport bilan shug‘ullanib kelmoqda.

– O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi va Butunjahon antidoping agentligi (WADA) bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar nimalarda namoyon bo‘lmoqda?

– O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining keng qamrovli faoliyati Butunjahon antidoping agentligining (WADA) e’tiboridan chetda qolmadi. Shuni ta’kidlash joizki, 8 ta davlatdan iborat Mintaqaviy antidoping tashkiloti davlatlari orasida Agentligimiz eng yoshi bo‘lib, 2018 yil yanvar oyida tashkil topgan bo‘lsa-da, o‘tgan qisqa muddat ichida antidoping ta’lim dasturlari bilan qamrab olish ko‘rsatkichi bo‘yicha birinchi o‘rinni, doping-sinamalar olish hajmi ko‘rsatkichi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni, maqsadli doping-testlash hamda xalqaro sport musobaqalari davomida nufuzli xalqaro sport tashkilotlarining buyurtmasiga ko‘ra sportchilardan doping-sinamalar olish hajmi ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi o‘rinni hamda “WADA” me’yoriy hujjatlari, xalqaro standartlari va texnik hujjatlarini milliy qonunchilikka moslashtirish va amaliyotga tatbiq etish ko‘rsatkichi bo‘yicha Osiyo davlatlari ichida birinchi o‘rinni egallashga muyassar bo‘ldi. Shu sababli hamda mamlakatimiz rahbarining sportda dopingga qarshi kurash sohasida Agentligimiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelishlari tufayli “WADA” tashkiloti O‘zbekiston Milliy antidoping agentligini o‘zining ishonchli hamkori sifatida Osiyo mintaqasida yetakchi Agentliklar qatorida e’tirof etib kelmoqda.

– Umuman Paralimpiyaning qaysi sport turlarida doping xavfi kattaroq va Agentlik tomonidan ushbu sport turidagilar nazoratga olinganmi?

– Albatta, Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bir- biriga o‘xshash bo‘lganidek, ulardagi muammolar, xususan, doping muammolari ham juda o‘xshash. Doping iste’mol qilish holatlari deyarli barcha sport turlarida uchrab tursa-da, ayrim sport turlari bilan shug‘ullanadigan sportchilar dopingga alohida ruju qo‘ygan. Masalan, sog‘lom sportchilar orasida taqiqlangan moddalar yengil atletika, og‘ir atletika, suzish, triatlon, dzyudo kabi sport turlarida nisbatan ko‘proq uchrasa, nogiron sportchilarda ham deyarli ana shu sport turlarida doping holatlari uchrab turibdi. Bu nimadan darak beradi? Agar dopingning tarqalish yo‘llarini tahlil qilsak, quyidagi xulosalarga kelish mumkin. Birinchi navbatda, sog‘lom va nogiron sportchilar o‘rtasida zararli ma’lumot almashinuvi mavjudligi. Ikkinchidan, sog‘lom va nogiron sportchilarga bitta murabbiy yoki bitta murabbiylik maktabi ustozlik qilayotgani. Uchinchidan, Olimpiya va Paralimpiya sportchilariga tibbiy yordam ko‘rsatayotgan va dopingni yashirincha iste’mol qilish yuzasidan o‘zining "qimmatli" maslahatini berayotgan, aslida bu harakati bilan kasbiy qasamyodiga rioya qilmay, o‘zbek sportining sha’niga putur yetkazayotgan vijdonsiz "shifokorlar"ning o‘zaro aloqadorligi. To‘rtinchidan, doping va boshqa taqiqlangan moddalar mamlakatga markazlashgan holda ayrim tadbirkorlar va manfaatdor shaxslar tomonidan olib kirilishi ham boshqa-boshqa sport turlarida deyarli bir xil taqiqlangan moddalar aniqlanishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun doping va unga qarshi kurash muammosi bu –  birgina Agentlikning emas, sport ahli va umuman jamiyatimizning muammosi bo‘lib, uning samarali yechimi faqatgina tizimli yondashuv orqali, shu jumladan, tegishli me’yoriy-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdadir. Shu nuqtai nazardan, hozirda Agentlik mutaxassislari soha bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan xolda, O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi qonuniga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish loyihasi ustida ish olib bormoqdalar.

– Paralimpiya delegatsiyasi tarkibida Agentlik vakili bo‘ladimi va ularning vazifasi nimalardan iborat?

– Xabaringiz bor, Xalqaro Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari hamda Butunjahon antidoping agentligining qo‘shma tavsiyanomasiga ko‘ra, “Tokio-2020” Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlaridan boshlab barcha ushbu musobaqalar hamda yirik qit’aviy sport musobaqalari (Osiyo o‘yinlari) ishtirok etuvchi milliy sport delegatsiyalari tarkibiga mamlakatning milliy antidoping agentliklari vakillari kiritilishi tavsiya etilgan. Bu bilan mazkur yirik sport musobaqalari davomida antidoping sohasiga tegishli turli muammoli vaziyatlar, tushunmovchiliklarning oldini olish, sportchilar va sport delegatsiyasi boshqa a’zolarining huquqlarini joyida ta’minlash, majburiyatlari haqida ularni xabardor etib turish, musobaqalar davomida mas’ul antidoping tashkiloti bilan ishchi aloqalarni o‘rnatish hamda sportchilarning doping-nazorati davomida ularning qonuniy vakili sifatida bevosita faoliyat yuritish maqsadi ko‘zda tutilgan va ko‘plab mamlakatlar olimpiya va paralimpiya harakatlari tomonidan ijobiy qabul qilindi. Masalan, Tokio-2020 o‘yinlariga Rossiya Federatsiyasi jami 7 nafar, AQSH 16 nafar milliy antidoping agentliklari vakillarini safarbar etgan bo‘lsa, Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston 2 nafar vakilini yuboradi. Boshqa jihatlaridan tashqari, bu mamlakat sportida antidoping sohasiga bo‘lgan e’tibor darajasini yana bir bor namoyish etadi, albatta. “Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston milliy paralimpiya delegatsiyasi tarkibida Agentligimizning bir nafar vakili bo‘lib, u yuqoridagi vazifalar hamda nogiron sportchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish masalalariga mas’ul bo‘ladi.

– Olimpiya o‘yinlari ham yakunlandi. Agarda sportchilarimiz qon tahlilidan taqiqlangan modda chiqsa, Agentlik qanday chora ko‘radi?

– Olimpiya o‘yinlarida joriy etilgan tartibga ko‘ra, musobaqalardan oldin hamda musobaqalarning natijasiga ko‘ra sportchilardan qon yoki peshob doping-sinamalari olindi. Doping-sinamalar asosan tasodifiy tartibda, ya’ni xohlagan sportchidan, shubxali sportchilardan hamda Olimpiada sovrindorlaridan olindi. Doping-sinamalarining natijasi antidoping laboratoriyasidan kelgach, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ularni o‘rganadi va ijobiy doping-test (ya’ni sinama tarkibida taqiqlangan moddalar topilganida) aniqlangan taqdirda, holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlanadi. Ularni odatda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Tergov-surishtiruv departamenti olib borib, so‘ngra vaziyat yuzasidan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Axloq bo‘yicha komissiya tegishli qaror chiqaradi. Bunda nafaqat sportchi, balki surishtiruv davomida aniqlangan va doping mojarosida ishtiroki tasdiqlangan barcha shaxslar, shu jumladan, murabbiylar, sportchining jamoadoshlari, tibbiyot xodimlari va sport delegatsiyasining boshqa a’zolari Butunjahon antidoping kodeksiga muvofiq jazoga tortilishi ko‘zda tutilgan.

Darhaqiqat, to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqalarida g‘olib bo‘lishni barcha ishtirokchilar xohlashi tabiiy. Biroq Olimp cho‘qqisini zabt etish uchun kimdir uzoq yillar halol shug‘ullansa, kimdir qing‘ir yo‘l bilan zabt etmoqchi bo‘ladi. Biz paralimpiyachilarimizning so‘nggi yillarda erishayotgan yutuqlari ularning tinimsiz mehnati shaffofdek toza ekaniga guvoh bo‘lmoqdamiz. Umid qilamizki, XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham atletlarimiz ulkan marralarni halollik bilan zabt etadi.

O‘zA muxbiri Javohir TOSHXO‘JAEV suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirjon TURSUNOV: Paralimpiyachilarimiz dopingdan yiroq!