AQSHning Sent-Luis shahrida poyoniga yetgan “Saint Louis Rapid & Blitz 2025” turnirining blits yo‘nalishida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko bilan g‘oliblikni tantana qildi.

Nodirbek Abdusattorov Maksim Vashe-Lagrav, Grigoriy Oparin, Fabiano Karuanani mag‘lubiyatga uchratdi. Levon Aronyan, Uesli So, Sam Shankland, Lener Domingez, Lem Le bilan kechgan bahslarda durangga erishdi. Dommaraju Gukeshga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotgan bo‘lsa-da, umumiy holatda blits musobaqalarini 1-o‘rinda yakunladi.

Blits bahslaridagi ajoyib natijalardan keyin Abdusattorov dunyoning eng kuchli shaxmatchilarining blits reytingini +17.3 ga yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi va 11-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarildi.

“Saint Louis Rapid & Blitz 2025” turnirining umumiy hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSH sharafini himoya qilayotgan Levon Aronyan 24,5 ochko bilan 1-o‘rin hamda mukofot jamg‘armasida belgilangan 40 ming AQSH dollariga ega chiqdi. 2-o‘rin va 30 ming AQSH dollari 21,5 ochko jamg‘argan Fabiano Karuanaga tegishli bo‘ldi. 21 ochkoli Maksim Vashe-Lagravga 25 ming AQSH dollari nasib etdi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov rapid va blits yo‘nalishidagi musobaqalarda 20,5 ochkoni o‘z hisobiga yozgan holda 4-o‘rinni va 20 ming AQSH dollarini o‘ziniki qildi.

Eslatib o‘tamiz, endi Nodirbek Abdusattorov 18 avgust kuni Sent-Luisda boshlanadigan “Sinquefield Cup-2025” turnirida ishtirok etadi.

Aytish lozim, 18-28 avgust kunlari o‘tadigan “Sinquefield Cup-2025” turniri "Grand Chess Tour 2025" tizimidagi so‘nggi musobaqa bo‘lib, uning mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda. Mazkur musobaqada g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 100 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Abdusattorov “Sinquefield Cup-2025”da ishtirok etadi