Xalqaro shaxmat federatsiyasi(FIDE) o‘tgan yil yo‘lga qo‘yilgan "FIDE Circuit" aylanma tizimida shaxmatchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov joriy yil may holatiga ko‘ra, 53,43 ball bilan yetakchilikka erishib turibdi.

Aytish lozim, mazkur "FIDE Circuit" aylanma tizimi FIDE nomzodlari turniriga saralashning nisbatan yangi usuli hisoblanadi.  

2024-yil davomida tegishli turnirlarda eng yuqori natijaga erishgan shaxmatchi keyingi da’vogarlar ro‘yxatidan joy oladi. Ushbu ro‘yxatdan o‘rin egallash uchun nomzod shaxmatchilar yil davomida kamida beshta saralash turnirida ishtirok etishi lozim bo‘ladi.  

FIDE yo‘nalishi bo‘yicha Torontoda bo‘lib o‘tgan 2024 yilgi nomzodlar turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan Gukesh ham avvaliga  "FIDE Circuit" aylanma tizimida yetakchilikka erishdi va yakunda turnir g‘olibi bo‘ldi. Chempionlik tojiga nomzodlikni qo‘lga kiritdi.  

Shu jihatdan 2023-yilda bo‘lgani kabi bu yil ham FIDE tojiga erishish “kaliti” shaxmatchilar uchun "FIDE Circuit" aylanma tizimida to‘plagan ballariga bog‘liq bo‘lib qoladi.  

Nodirbek Abdusattorovning 2024 yilgi Praga xalqaro shaxmat festivalida g‘olib chiqishi, aprel oyi oxirigacha 25 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni qo‘lga kiritishi uning da’vogarlar ro‘yxatiga kirish yo‘liga yaqin ekanini anglatmoqda.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Abdusattorov "FIDE Circuit" aylanma tizimi yetakchisi