Nodirbek Abdusattorov 650 ming dollarlik Total Çess turnirida iştirok etadi
Mazkur turnir 2027-yilda rasman yölga qöyilişi rejalaştirilgan Total Çess jahon çempionati turining sinov musobaqasi hisoblanadi.
10-noyabr kuni Vengriya poytaxti Budapeştda Total Çess World Çampionşip Tour loyihasining ilk sinov turniri boşlanadi.
20-noyabrga qadar davom etadigan musobaqada dunyoning 24 nafar yetakçi şaxmatçisi iştirok etadi. Ular orasida özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham bor.
Hamyurtimiz Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Alireza Firuja, Arjun Erigaisi, Praggnanandhaa va Aniş Giri kabi kuçli raqiblarga qarşi bahs olib boradi.
Musobaqaning öziga xos jihati şundaki, bellaşuvlar uç xil vaqt nazoratida taşkil etiladi:
- Fast Classic — 45 daqiqa va har bir yuriş uçun 30 soniya;
- Rapid — 15 daqiqa va 10 soniya;
- Blits — 3 daqiqa va 2 soniya.
Dastlabki kun iştirokçilar blits yönalişida 9 tur ötkazadi. 11–15-noyabr kunlari esa şaxmatçilar törtta guruhga bölinib, Fast Classic formatida kuç sinaşadi. Uşbu bosqiçda ğalaba uçun 3, durang uçun 1 oçko beriladi.
17-noyabrdan pley-off bahslari boşlanadi. Hal qiluvçi bosqiçda iştirokçilar uçala vaqt nazoratida ham özaro bellaşadi.
Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 650 ming AQŞ dollarini taşkil etadi. Ğolib 80 ming dollar bilan taqdirlanadi.
Dastlabki blits partiyalari bugun Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da boşlanişi belgilangan.
Mazkur turnir 2027-yilda rasman yölga qöyilişi rejalaştirilgan Total Çess jahon çempionati turining sinov musobaqasi hisoblanadi.