Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 30 aprel kuni nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish, oliy va kasbiy ta’limda sifatni oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bugungi kunda iqtisodiyot tarmoqlari rivoji, sarmoyaviy muhit va raqobatbardosh inson kapitali – bularning barchasi kadrlar salohiyatiga chambarchas bog‘liq. Shu sababli oliy va kasbiy ta’lim tizimi izchil takomillashtirib borilmoqda.

Mamlakatimizda xususiy sektorga keng yo‘l ochib berilishi natijasida ko‘plab nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 42 foizga yetdi.

Albatta, bu yutuqlar yoshlarga kasbiy va oliy ma’lumot olish imkoniyatini kengaytirdi. Biroq, nodavlat ta’lim tashkilotlarining barchasida ham ta’lim sifati bir xil darajada ta’minlanmagan. Shu sababli qabul parametrlari, o‘quv dasturlari, ilmiy salohiyat va zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlariga moslashuv dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Taqdimotda ushbu muammolarni hal etish uchun litsenziyalash va davlat akkreditatsiyasining ikki bosqichli tizimini joriy etish taklif qilindi.

Central Asian Medical University (CAMU) – ushbu yangilanishlar va sifatga asoslangan yondashuvning yorqin namunasi hisoblanadi. Farg‘ona shahrida joylashgan ushbu universitetda davolash ishi, stomatologiya va pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi. Hozirda jami 3000 nafardan ziyod talabalar, shularning ichida 300 nafardan ortiq xorijiy talabalar tahsil olmoqda.

CAMU – Markaziy Osiyo tibbiyot universitetida ta’lim jarayoni xalqaro standartlarga asoslanib olib boriladi. Universitet huzurida zamonaviy simulyatsion o‘quv markazi faoliyat yuritadi. Bu yerda talabalar amaliyot mashg‘ulotlarini real hayotga yaqin sharoitlarda bajarish imkoniga ega. Bu ularning kasbiy malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

CAMU ta’lim jarayoniga xalqaro tajribani keng jalb etgan bo‘lib, AQSHning nufuzli Pittsburg universiteti bilan “Hamshiralik ishi” yo‘nalishida hamkorlik o‘rnatilgan. Ushbu hamkorlik doirasida amerikalik mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan AQSH ta’lim standartlariga mos o‘quv dasturi joriy etilmoqda. Rejalarga ko‘ra, ushbu yo‘nalish bitiruvchilari AQSHda ham tan olinadigan diplomga ega bo‘lib, xorijda ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega. Bu esa CAMU talabalarining xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshiradi.

Universitet shuningdek, ilmiy faoliyatni ham rivojlantirib, “Acta CAMU” nomli ilmiy jurnalni chop etadi. Ushbu jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ilmiy maqolalarni xalqaro talablar asosida chop etadi.

CAMUda ilmiy faoliyat ham keng rivojlanmoqda. Ayniqsa, magistratura va doktorantura bosqichida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab CAMUda akusherlik va ginekologiya, kardiologiya, morfologiya, terapiya, urologiya hamda xirurgiya kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha magistratura dasturlariga qabul boshlanadi. Bu yo‘nalishlar orqali universitet nafaqat klinik amaliyotda, balki ilmiy kadrlar tayyorlashda ham yuqori bosqichga chiqmoqda.

Doktorantura bosqichida esa morfologiya, terapiya, kardiologiya va profilaktik tibbiyot yo‘nalishlarida ilmiy izlanuvchilar faoliyat yuritmoqda. Ular zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy markazlar bilan ta’minlangan holda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Central Asian Medical University singari muassasalar ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash va ilmiy-amaliy faoliyatni rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Nurillo Mamasodiqov, 

Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti rektori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodavlat ta’limdagi islohotlar samaralari