Nodavlat sud eksperti bo‘lish istagidagi nomzodlar uchun imtihon o‘tkazildi
Ma’lumki, nodavlat sud eksperti bo‘lish istagidagi nomzodlar Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq maxsus qayta tayyorlash kurslarida o‘qishlari hamda Adliya vazirligi huzuridagi komissiyada imtihon topshirishlari va kasbiy layoqat sertifikatini olishlari kerak bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida nodavlat sud eksperti bo‘lish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish uchun imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihon jarayonida nomzodlarning tegishli yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari baholanib, qayta tayyorlash kurslarida tahsil olish uchun munosib nomzodlar saralab olindi.

Qayd etilganidek, mazkur kurslar sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish istagidagi shaxslarning kasbiy bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sud ekspertizasi sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA