O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni tayyorlashda davlat va nodavlat sport-ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, xususiy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ–5280-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. 2022 yil 1 iyuldan boshlab jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabdan tashqari nodavlat sport-ta’lim muassasasini (keyingi o‘rinlarda – nodavlat sport-ta’lim muassasasi) davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etilsin:

yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-ta’lim muassasasi faoliyatini olib borish uchun davlat tasarrufida bo‘lgan zarur bino va inshootlarni 2024 yil 1 yanvarga qadar ijara to‘lovlarisiz (kommunal to‘lovlar bundan mustasno) ularga taqdim etish;

2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar nodavlat sport-ta’lim muassasasi tomonidan jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarini 50 foizga kamaytirish.

2. Nodavlat sport-ta’lim muassasalari Soliq kodeksiga asosan ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Sportni rivojlantirish vazirligi (M.Ismailov) hamda Moliya vazirligi (D.Sultanov) nodavlat sport-ta’lim muassasalari uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini hududlar kesimida amalga oshirsin.

3. Sportni rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda nodavlat sport-ta’lim muassasasini bojxona bojini to‘lashdan ozod qilishni (qisman ozod qilishni) nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktyabrdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 878-son qaroriga muvofiq nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan davlat sport-ta’lim muassasalari trenerlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari nodavlat sport-ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar uchun ham tatbiq etiladi.

5. Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R.Irmatov) va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M.Tashxodjayev) bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda nodavlat sport-ta’lim muassasalarining iqtidorli sportchilarini aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya), shuningdek, ularni O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblariga taklif etishning tartibini tasdiqlasin va amaliyotga joriy qilsin.

6. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilish maqsadida:

Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R.Irmatov) va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M.Tashxodjayev) bilan birgalikda bir oy muddatda yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan sportchilar bilan uchrashib, nodavlat sport-ta’lim muassasasini tashkil qilish niyatini bildirgan sportchilarning aniq ro‘yxatini shakllantirsin hamda ushbu ro‘yxatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsin;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Ortiqov) bilan birgalikda bir oy muddatda davlat tasarrufidagi bino va inshootlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirsin;

Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R.Irmatov), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M.Tashxodjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda shakllantirilgan ro‘yxatga binoan davlat tasarrufidagi bino va inshootlarning nodavlat sport-ta’lim muassasasini tashkil qilish niyatini bildirgan sportchilarga ijara shartnomasi asosida belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin.

7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.Kuchimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyati to‘g‘risida maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.

8. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Nodavlat sport-ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi низомни tasdiqlasin.

9. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari R.S.Irmatov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M.Tashxodjayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023 yil 1 янvaргача O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                                                                                                    Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2022 yil 1 iyul

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodavlat sport-ta’lim muassasalarida Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida