Adliya vazirligi tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-brifing o‘tkazildi.

Press-brifingda sohada qabul qilingan qonun hujjatlari tushuntirilib, 2019 yil fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligi hamda fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirish bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirilayotgani alohida e’tirof etildi.

Bugungi kunda respublikada turli sohalarda 10 ming 462 dan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti, 2 ming 200 dan ortiq diniy tashkilot va 2000 ga yaqin OAV faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlar sohasida 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, birgina oxirgi ikki yilda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, NNTlarga adliya organlari bilan bog‘liq barcha xizmat va aloqalarni elektron shaklda amalga oshirish imkonini beruvchi E-ngo.uz sayti sinov rejimida ishga tushirildi.

Hududlarda NNTlar ijara to‘lovisiz joylashtirilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari” tashkil etildi. NNTlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari umumiy tarzda 2 barobarga qisqartirildi.

Brifingda qayd etilganidek, hududlarda NNT faoliyatini rivojlantirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Hozirda NNTlarning ko‘pchiligi respublika miqyosida tashkil etilmoqda. Tumanlar, ovullar, chekka hududlarda NNTlar deyarli tashkil etilmayapti. Vaholanki, bizda asosiy muammolar aynan hududlarda, tumanlarda ko‘proq uchraydi. Bu borada hududlarda NNTlar faoliyatini rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratish lozim. 

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari sohasida barcha qonun va qonunosti hujjatlarni birlashtiruvchi Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks loyihasi ishlab chiqilayotgani xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etilib, uning faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha nizom ishlab chiqilayotganligi qayd etildi.

Shu bilan birga, press-brifingda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini hamda fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi. Bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiyligi belgilandi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni xalqaro amaliyotda keng tarqalgan jamoatchilik nazoratining ta’sirchan shakllarini joriy etish, jamoatchilik nazorati shakllarini amalga oshirish mexanizmlarini batafsil reglamentatsiya qilish, ularni amaliyotda samarali qo‘llash masalalari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish tavsiya etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida kodeks ishlab chiqilmoqda