Munosabat

Fuqarolik jamiyati institutlarining rolini mustahkamlash va davlat organlari bilan munosabatlarda mas’uliyatni oshirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti, fuqarolik jamiyati institutlarining erkin va samarali faoliyat yuritishiga bog‘liq. Yangi O‘zbekiston sharoitida bu borada olib borilayotgan siyosat nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari va fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvidagi rolini oshirishga qaratilgan.

So‘nggi yillarda Prezidentimizning nufuzli xalqaro minbarlardagi ma’ruzalarida, jamoatchilik vakillari bilan olib borayotgan ochiq muloqotida O‘zbekistondagi yangi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari dolzarb masalalarni hal etishda muhim o‘ringa ega. Ular davlat tuzilmalari va jamiyat o‘rtasida “ko‘prik” vazifasini bajaradi.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga qaratilgan. Hujjat nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish va ma’muriy jarimalarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha bir qator o‘zgarishlar nazarda tutadi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati mustaqilligini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasiga ko‘ra, davlat organlari mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida bu sohadagi ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorlari sezilarli darajada kamaytirilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazorati yakuni bo‘yicha tayyorlangan hujjat 1 (bir) oy ichida majburiy ko‘rib chiqiladi. Ushbu muddatda ko‘rib chiqmagan mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Bundan keyin firibgarlik yoki talon-toroj uchun sudlanganlar jamoat fondini ocholmaydi. Shu bilan birga har bir grant va loyiha haqida jamoatchilikka ma’lumot berib boriladi.

Mazkur qonun loyihasi bilan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Soliq kodekslariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida joylarda nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb qilgan holda qonun loyihasini muhokama qilish va uni yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan takliflar olish rejalashtirilgan.

Mazkur qonun nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga, ularning faoliyati mustaqilligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga, ochiqligini oshirishga hamda ushbu sohada huquqni qo‘llashning yagona amaliyotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

T.Romanov,

“Yuksalish” harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi

hududiy bo‘linmasi rahbari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodavlat notijorat tashkilotlar: qonun loyihasi muhokama