Samarqand davlat chet tillar institutida Ipak yo‘li universitetlari xalqaro tarmog‘i X Bosh assambleyasining forumi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda dunyoning 30 dan ortiq yetakchi xalqaro universitetlaridan kelgan rektor va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.  

Samarqand davlat chet tillar instituti birinchi prorektori A.Kuraxmedov institutning faoliyati, turizm, ta’lim va boshqa sohalar uchun kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar haqida ma’lumot berib, Ipak yo‘li universitetlari xalqaro tarmog‘iga a’zolik samarasi to‘g‘risida so‘z yuritdi.  

Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘i tashkil etilganining 10 yillik yubileyi doirasidagi forumda tarmoqqa a’zo oliy o‘quv yurtlari rektorlari bilan bir qatorda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi doktor Adam French ham ma’ruza qildi.  

Kunning ikkinchi yarmida rektorlar kengashining yillik yig‘ilishi o‘tkazilib, o‘tgan 10 yillik faoliyat sarhisob qilindi va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Forum doirasida tashkil etilgan xalqaro talabalar konferensiyasi yoshlar uchun ilmiy fikr almashinuv, innovatsion takliflar taqdimoti hamda xalqaro tajriba almashish maydoniga aylandi. Unda tarmoqqa a’zo oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘z ilmiy maqola, tezis va ratsionalizatorlik takliflari bilan ishtirok etishdi.

G‘.HASANOV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nobel mukofoti sohibi Samarqandda ma’ruza o‘qidi