Fuqarolik jamiyati har qanday davlatning barqaror rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. U demokratik jamiyatning mustahkam poydevori bo‘lib, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishga hissa qo‘shadi, jamiyatdagi ishonch va hamkorlikni mustahkamlaydi.

O‘z navbatida davlat fuqarolik jamiyatini rivojlanishini ta’minlash uchun huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish orqali erkin faoliyat yuritishini kafolatlashi lozim.

Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizni modernizatsiya qilish va jamiyatni demokratik yangilash, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish, ularning davlat va jamiyat qurilishidagi ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.

Bu kabi islohotlarni huquqiy jihatdan yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi PF-5430-sonli farmoni, 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5012-sonli qarori hamda 2021 yil 4 martdagi PF-6181-sonli “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.

Buning natijasida so‘nggi 7 yil ichida sohani yanada rivojlantirish borasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amaliyotga tatbiq etildi. Jumladan, Yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga qaratilgan alohida bob kiritildi. Mazkur bob orqali nodavlat notijorat tashkilotlarining huquq va erkinliklari bosh qomusimiz darajasida mustahkamlandi. Shuning bilan birga, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.

Bundan tashqari, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika byudjetidan salmoqli mablag‘lar ajratilishi tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 2017 yilda nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 12 milliard so‘m miqdorida mablag‘lar ajratilgan bo‘lsa, 2023 yilda 268 mlrd 172 million so‘m yoki 2017 yilga nisbatan 22 barobar ko‘p mablag‘ ajratilgan.  

NNTlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning dolzarbligini va mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini  inobatga olgan holda 2024 yilda ham bu siyosat davom ettirildi.

Bu kabi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida so‘nggi yillarda Respublikamizning barcha hududlarida “Do‘stlik va NNTlar uylari” hamda “Coworking” markazlari tashkil etildi va NNTlar rahbar kadrlarini malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirish kurslari tashkil qilinib, o‘tgan vaqt mobaynida mazkur malaka oshirish kurslarini 500 nafar NNT rahbarlari tamomladilar.

Shuningdek, o‘tgan vaqt mobaynida nodavlat notijorat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bojlari o‘rtacha ikki barobar pasaytirildi, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish bojidan to‘liq ozod etildi. Qayta ro‘yxatdan o‘tish muddati esa bir oydan 15 kunga qisqartirildi.

Bu kabi chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda erkin va huquqiy davlat barpo etish sohasida davlat tashkilotlari bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlarining ham roli va ahamiyati oshirilishiga erishildi.

Ayni kunlarda muhokamaga qo‘yilgan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi deputatlari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuqorida ta’kidlangan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida sohani yangi bosqichga olib chiqishiga yanada munosib hissa qo‘shishi shubhasizdir.

Misol uchun avvallari NNTlar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilanmaganligi sababli, davlat idoralari va mansabdor shaxslari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hech qanday hujjatsiz turli tadbirlarga jalb qilish, asossiz xat-hujjatsiz ma’lumotlar talab qilish holatlari kam bo‘lsa ham uchrab turardi.

Chunki, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanishi belgilangan bo‘lsa-da, hozirga qadar ushbu qoidani buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagan edi.  

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 1978-“Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish” moddasi “Davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga  qonunga xilof ravishda aralashish – bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solish, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi” degan band bilan to‘ldirilmoqda.

Bu o‘z navbatida nodavlat notijorat tashkilotlarni qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan birga, uning jamiyatdagi faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga mustahkam zamin yaratadi.  

“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasida jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma shaklida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaklda tayyorlangan yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinishi belgilangan, biroq hozirgacha yakuniy hujjatni ko‘rib chiqishda bir qancha e’tiborsizlik va mas’uliyatsizlik holatlariga duch kelingan.

Yangi qonun loyihasida 1987-“Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari bo‘yicha tayyorlangan yakuniy hujjatni ko‘rib chiqmaslik” moddasi ilgari surilayotgan taklifga ko‘ra, “Jamoatchilik nazorati sub’ektlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari bo‘yicha bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma shaklida yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tayyorlangan yakuniy hujjatni belgilangan muddatda ko‘rib chiqmaslik – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi” bandi bilan to‘ldirilmoqda.

Mazkur o‘zgartirish natijasida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash va NNT tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati natijalariga oid hujjatlar bilan ishlashda davlat organlari mansabdorlarining mas’uliyatini yanada oshirishga erishiladi.

Taklif etilayotgan yana bir muhim o‘zgartirishlardan biri iqtisodiyot sohasida jinoyat sodir etgan va sudlangan shaxslarning yangi qonun loyihasi bo‘yicha NNT ocha olmasligi bilan bog‘liq. Sababi, shu vaqtgacha ushbu toifadagi shaxslarning NNT ochib, ajratilgan grant mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari kuzatilgan.

Endilikda, O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 527–II-sonli “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi qonunining amaldagi 10-“Fond muassislari” moddasiga “O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish yoxud firibgarlik jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar fond muassislari (muassisi) yoki rahbar organi a’zolari bo‘lishi mumkin emas” degan band ikkinchi qism sifatida kiritilib, amaldagi ikkinchi qism uchinchi qismga o‘zgartirilmoqda.

Mazkur yangilik ba’zi salbiy qarashlarni o‘zgartirib, NNTlarning ijobiy imijini shakllanishiga xizmat qiladi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi PQ-5012-son qarori bilan nodavlat notijorat tashkilotining alohida bo‘linmalarini hisobga qo‘yish tartibini bekor qilish normasi belgilangan bo‘lib, amalda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 239-“Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi” moddasida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyatni amalga oshirish – bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lar edi.  

Tavsiya etilayotgan taklifga ko‘ra, ushbu jarima turining bazaviy hisoblash miqdorini o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha kamaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu o‘zgartirish har bir yangi tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkilot rahbar va ta’sischilarining belgilangan qonun va qoidalarga amal qilishini ta’minlashi bilan birga ularga moddiy yengillik imkoniyatini ham yaratmoqda.

Qonunchilikka kiritilayotgan mazkur o‘zgartirishlar nodavlat notijorat tashkilotlarning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasini mustahkamlash, ularning faoliyat erkinligi kafolatlarini ta’minlash, jamoatchilik nazoratining ta’sirchanligi va samaradorligini oshirishga hamda ko‘plab ijtimoiy muammolarni hal etish uchun fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etishga xizmat qiladi.

Sherali Mamadetsoyev,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining

Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NNTlar faoliyati erkinligi va kafolatlarining yangi tartibi – Qonun loyihasiga sharh