“NKMK” AJda “Navoiy kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi ijrosi: yutuq va rejalar” mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirishni davom ettirish hamda ehtiyot va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisoblanadi.

Bu borada “NKMK” AJ tomonidan ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga ilmiy izlanish natijalari va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hisoblanadi. Bu orqali mahalliy xom ashyo hamda sanoat kooperatsiyasi negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishdir.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, kombinatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi 2000 yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda.

[gallery-19179]

Kombinatning ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun so‘nggi uch yilda korxona quvvatida 1,6 trillion so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va tarmoqlararo kooperatsiya doirasida 14,2 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari xarid qilindi. 

2024 yilda ham Mahalliylashtirish dasturi asosida kombinatda 183 ta loyiha doirasida 905 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, 8 oy davomida 177 ta loyiha bo‘yicha 620 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 142,4 foizni tashkil etdi.

Bundan tashqari, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning yanvar-avgust oylarida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida ulardan 4,4 trillion so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar xarid qilingan. 

Respublikamizda birinchi bo‘lib Navoiy kon-metallurgiya kombinatida joriy etilgan “shatakka olish” mexanizmi doirasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy korxonalarni texnologik qo‘llab-quvvatlash orqali so‘nggi uch yilda hamkorlikda 1400 turdan ziyod 1,4 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

– 2030 yilgacha kombinatni barqaror rivojlantirish dasturi doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va amaldagilarni kengaytirish hisobiga 2025 yilda 185 ta loyiha doirasida bir trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini 2024 yilga nisbatan 113 foizga oshirish ko‘zda tutilgan, – deydi “NKMK” AJ Mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Fehruz Mardonov. – Shuningdek, dasturga kiritilgan loyihalarning mahalliylashtirish darajasini o‘rtacha 65 foizga ko‘tarish rejalashtirilgan. Mahalliylashtirilgan mahsulotlar tannarxida import qilinayotgan mahsulotlarni (asosan metall prokati) yirik tarmoq va mahalliy korxonalar quvvatlarida o‘zlashtirish maqsad qilingan.

Tadbirda OAV vakillari va jurnalistlarning savollariga atroflicha javob berildi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NKMKda mahalliylashtirish dasturi: yutuq va rejalar