Navoiy kon-metallurgiya kombinati EIB – ekologik, ijtimoiy va boshqaruv standarti tamoyilini faol ravishda amaliyotga joriy etmoqda. Bu haqda korxona bo‘lim boshlig‘i Boris Samoylenko o‘z mulohazalarini bildirdi:

– Xalqaro tan olingan “Sustainable Fitch” agentligidan birinchi EIB reytingini olish bizning barqaror rivojlanish tamoyiliga sodiqligimizni tasdiqlaydi va faoliyatimizda ayni omillar integratsiyalashuvi darajasini aks ettiradi.

Mazkur reyting zavodning sanoatdagi obro‘siga bevosita ta’sir qiladi, investorlar va xalqaro hamkorlarning korxonaga ishonchini oshiradi. Shuningdek, mas’uliyatli korporativ boshqaruv sohasidagi imijni yaxshilab, shaffoflikni oshiradi.

Amaliyot nuqtai nazaridan bu bizga takomillashish yo‘nalishlarini aniqlash, yanada barqaror biznes faoliyatini yuritish imkonini beradi, keng qamrovli investitsiya dasturi uchun yanada qulay shartlarda yashil moliyalashtirishni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratadi.

Kompaniya faoliyati doirasida BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari va mas’uliyatli biznes tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi, muayyan hududlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi, atrof-muhitni muhofaza qiladi, xodimlar uchun adolatli mehnat sharoitini ta’minlaydi.

NKMK  “2025 yil O‘zbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” tashabbusini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Energiyaga ehtiyojni qoplash uchun qayta tiklanadigan manbalar, jumladan quyosh va shamol elektr stansiyalari ulushini oshirmoqda, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va karbonat angidrid chiqindisini kamaytirish uchun uskunalarni modernizatsiya qilish orqali uglerod ta’sirini kamaytirmoqda.

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish orqali kombinat ishonch bilan oldinga qadam tashlamoqda. 2024 yil oxiriga kelib ishlab chiqarish maydonlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalarining umumiy quvvati besh barobar ortdi. 2025 yil so‘ngida ehtiyojning taxminan 21 foizi quyosh energiyasi ishlab chiqarish hisobiga qoplanadi.

Umuman, issiqxona gazi chiqindisini imkon darajasida kamaytirish jamoa oldidagi ustuvor vazifalardan biri. Shu maqsadda joriy yil iqlim xavfini boshqarish, xatarlar to‘g‘risidagi ma’lumotni oshkor qilishga tizimli yondashuvni ta’minlash va issiqxona gazi emissiyasi monitoringini olib borish bo‘yicha korporativ iqlim strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

Ma’lumki, NKMK ishlab chiqarish jarayoni juda ko‘p miqdorda suv talab qiladi.Kompaniyaning yillik suv iste’moli 130 million kub/metr. Shu bois so‘nggi yillarda toza suv sarfini kamaytirish, tozalangan oqava, shaxta va yer osti suvidan texnologik jarayonda qayta foydalanish, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish, texnologik uskunalar ishini takomillashtirishga qaratilgan dastur izchil amalga oshirilmoqda.

2030 yilgacha gidrometallurgiya zavodlarida bir tonna rudani qayta ishlashga ketadigan toza suv miqdorini 0,8 kub/metrgacha qisqartirish, ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlangan, tozalangan va shaxta suvidan foydalanish ulushini 35-40 foizgacha oshirish rejalashtirilgan. Bunday chora-tadbirlar Amudaryodan olinadigan suvni tejash imkonini beradi.

Dastur asosida 2030 yilgacha 36 million kub/metr toza suv tejab qolinadi. Suv resurslariga yuklama kamayishi hisobiga ekologik barqarorlik ta’minlanadi.

Shuningdek, biz ijtimoiy infratuzilma, jumladan maktab, o‘quv dasturlari va kasbiy ta’limni rivojlantirishga muntazam sarmoya kiritamiz, gender tenglik sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Mehnat sharoitini yaxshilash, ish joyida xavfsizlikni oshirish EIB kun tartibining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yil 15 000 dan ziyod xodim turli xil masofaviy ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qidi, malaka oshirdi.

Barcha xodimlar uchun mo‘ljallangan malaka oshirish platformasi asosida o‘tgan yil NKMK tomonidan ikki yirik ijtimoiy inshoot barpo etildi. Navoiy viloyati Tomdi tumanida ixtisoslashtirilgan maktab-internat qurilib, ishga tushirildi. “To‘dako‘l” dam olish maskani hududida qad ko‘targan Xalqaro shaxmat maktabi esa musobaqalar o‘tkazish uchun FIDE tomonidan qo‘yilgan talablarga javob beradi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bugungi kunda Xalqaro konchilik ayollar tashkiloti (IWiM)ga a’zo. Mazkur xalqaro tuzilma билан hamkorlik kelgusi tajriba almashish va EIB bo‘yicha uzoq muddatli strategiyamiz va maqsadlarimiz doirasida ayollar huquqi va imkoniyatini kengaytirishda ilg‘or xalqaro tajribadan foydalanish uchun zarur aloqalar o‘rnatish imkonini berdi.

Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NKMK qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirmoqda