Har yili “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiyuran” davlat korxonasi, “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi hamkorligida faol, qobiliyatli xotin-qizlarni aniqlash, bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan turli kasb egalarini qo‘llab-quvvatlash, iste’dodli, tashabbuskor soha vakillarini rag‘batlantirish maqsadida “NKMK oltin ayoli” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

Bu tanlov tashkilotchilariga qarashli bo‘linmalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar orasidan har jabhada ilg‘or bo‘lgan yetakchilarni aniqlash, ular salohiyatini namuna sifatida ko‘rsatish hamda taqdirlashga xizmat qiladi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tanlovning final bosqichi Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida tashkil etilib, unda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 nafar eng zukko va iste’dodli xotin-qiz ishtirok etdi.

Hakamlar hay’ati ishchirokchilarning “Men shu yurt To‘marisiman”, “Tezkor savol-javob”, “An’anaviy modalar namoyishi” kabi shartlar bo‘yicha chiqishlarini baholab bordi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “NKMK oltin ayoli” ko‘rik-tanlovining final bosqichida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatidan Shimoliy kon boshqarmasi kimyoviy tahlil laboranti Dildora Rasulova, “NKMK jamg‘armasi” DMdan “Farhod” madaniyat saroyi xodimi Mashhura Sagdullayeva, “Navoiyuran” DKdan “Zafarobod” kon boshqarmasi muhandisi Nafisa Sanaqulovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

“NKMK” AJ boshqaruvi raisi – bosh direktori Quvondiq Sanaqulov g‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“NKMK oltin ayoli” tanlovi g‘oliblari