2024-yil yurtimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinib, bu borada Prezidentimiz farmoni bilan besh yo‘nalishda yuzta maqsaddan iborat davlat dasturi tasdiqlandi va ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ham bu borada 40 ta banddan iborat chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, unda 70,5 milliard so‘m va 109,7 million dollar mablag‘ inson qadrini ulug‘lash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa muhim yo‘nalishlarga sarflanishi ko‘zda tutilgan.  

– Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirish uchun yosh xodimlarga tavsiyanomalar berish va korxona hisobidan ularning kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishga 5,4 milliard so‘m, o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga 12 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish belgilangan, – deydi “NKMK” AJ Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi Asliddin Ro‘ziyev. – Shuningdek, dasturda kombinat tizimida mehnat qilgan, hozir nafaqa gashtini surayotgan yurtdoshlarimiz manfaati ham hisobga olingan. Jumladan, pensionerlarimizga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish va sog‘ligini mustahkamlashga 9,8 milliard so‘m, 6 ming nafar ishchi-xodim uchun sayohatlar tashkil etishga 3,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Respublika davlat dasturida kombinat faoliyatiga oid 2 ta band o‘rin olgan. Jumladan, qiymati 109,7 million dollar bo‘lgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolish” investitsion loyihasi va kombinat homiylik mablag‘lari hisobidan respublika aholisining ichimlik suv ta’minoti darajasini oshirish belgilangan.

Dasturda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish maqsadida ishlar davom etmoqda.

A.Bo‘riyev,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NKMK davlat dasturi ijrosiga o‘z hissasini qo‘shadi